Kontent qismiga oʻtish

Batir Matmuratov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Batir Matmuratov
Tavalludi 1960-yil, 10-oktyabr
Mukofotlari “Sodiq xizmatlari uchun” medali

Matmuratov Batir Djoldasovich (1960-yilning 10-oktyabr sanasida tavallud topgan) — Millati oʻzbek. Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib boradi. Maʼlumoti oliy va mutaxasisligi iqtisodchi va huqushunos[1][2]. Shuningdek yuridik fanlari nomzodi hamda dotsent[3].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Batir Djoldasovich 1960-yilning 10-oktyabr kunida Oʻzbekiston Respublikasida tavallud topgan.

2020-yil 20-yanvar kungi Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida bir qancha masalalar koʻrib chiqilgan. Shu bilan birga Batir Matmuratov nomzodligi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi lavozimiga taklif qilingan. Qarshi ovozlar mavjud boʻlmadi Senator lavozimiga saylandi[4]. 2021-yilda „Sodiq xizmatlari uchun“ medalini qoʻlga kiritdi[1].

Botir Matmuratov korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida, 2017-yildan oldin korrupsiyaga oid deyarli hech qanday qatʼiy qonun-qoidalar mavjud boʻlmaganligi yoki tubdan oʻzgarib chiqilmaganligini aytib oʻtadi. Shu bilan birga huquqni muhofaza qiluvchi organlar korrupsiyaga qarshi kurashda mustaqil boʻlishlarini taʼminlashi kerakligi, shu yoʻnalish yaxshi rivojlanmaganligi hamda baʼzi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hokimiyat organlari bilan birlashib ketganligi, hamda bu holat davom etaversa, hech qachon bu idoralar mustaqil boʻlsa olmasligini takidlaydi[5].

Bu borada tibbiyot sohasida korrupsiya mavzusiga esa shunday fikr bayon etadi:

Albatta, shifokorlarga, hamshiralarga og‘ir gap aytishning o‘zi qiyin. Sababi ularning faoliyati murakkab. Lekin hamma sohalarda bo‘lgani kabi tibbiyotda ham nopok kimsalar uchrab turadi. Endi bir jihat – biz xalqimizning o‘zida korrupsiyaga qarshi murosasizlikni kuchaytirishimiz kerak. Ko‘pchilik qaysidir shifokor dang‘illama uy qursa, qimmatbaho mashina minsa, «qandingni ur» deb maqtab qo‘yadi. Aslida u necha kishining ko‘z yoshlari evaziga bu boylikni to‘plagan.

— Batir Matmuratov

Bu fikrlari orqali, xalq orasida ham korrupsiyaga qarshi birga harakat qilishni tadbiq etish hamda barcha shifokorlar ham korrupsiyaga yoʻl qoʻymasligi haqida aytib oʻtadi[5].

  1. 1,0 1,1 [https://lex.uz/docs/-5868111 „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING QARORI“] (2022-yil 4-fevral).
  2. „Matmuratov Batir Djoldasovich“.
  3. „Tergov qilish“ (2023). 2024-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  4. „Senat qo‘mitalarining raislari saylandi“ (20-yanvar 2020-yil).
  5. 5,0 5,1 „«Halol bo‘lsang, hech kimdan qo‘rqmaysan». Korrupsiya va sudyalar mustaqilligi haqida Batir Matmuratov bilan suhbat“ (2020-yil 2-yanvar).