Barmoq gipoplaziyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu anomaliya turli xil darajada: yumshoq toʻqimalarning biroz ingichkalashib, biroz rivojlanmasligidan to uning butunlay boʻlmasligi darajasigacha namoyon boʻlishi mumkin. Kasallikning boshlanishida konservativ muolaja: doimo muntazam silash, kaft funksiyasining pasayishiga qarshilik qiluvchi davolash badantarbiya mashqi (LFK) tavsiya qilinadi. Agar kasallik rivojlangan boʻlsa, jarroxlik muolajasi (barmoqning pay-mushak transpozitsiyasi yoki rivojlanmay qolgan barmoqlarning suyak transplantati bilan mahkamlash) qo'llaniladi. Agar barmoq rudiment shaklida (IV darajali gipoplaziya) boʻlsa, II barmoqni politizatsiya[1] qilish kerak.

Ektrodaktiliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ektrodaktiliya — (kaftning yorilishi). Ektrodaktiliyaning tipik va notipik shakllari farqlanadi[2]. Tipik turida kaft shaklining buzilishi, chuqur yorilishidan iborat boʻlib, kengligi kaft suyagining hajmigacha yetishi mumkin. Notipik turda yorilish yoʻq, lekin III kaft suyagi va III barmoq yoki boshqa barmoqlar boʻlmaydi. Kaft qisqichbaqaning panjasini eslatadi. Etrodaktiliyada barmoqlarning bukuvchi kontrakturasi kuzatiladi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

4-5 yoshgacha konservativ yoʻl bilan davolaniladi. Bunda gipsli bogʻlam koʻyilib, u yordamida barmoqlar redressatsiya qilinadi[3]. Muntazam uqalash, davolovchi badantarbiya mashqlari tavsiya qilinadi. Jarroh1ikning plastika usuli birinchi barmoq va uning funksiyasi saqlanganda qo'llaniladi. Kaftning yorig'i suyaklarni bir-biriga yaqinlashtirib, lavsan ip bilan bogʻlab yoʻqotiladi

Sindaktiliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chaqaloqdagi Sindaktiliya

Sindaktiliya — Qoʻlning bir necha barmoqlarining toʻliq yoki qisman bitishi sindaktiliya deyiladi. Sindaktiliya[4] barmoqlarning boshqa nuqsonlari bilan birga uchrab, kosmetik yoki funksional nuqsonlardan iborat boʻladi. Sindaktiliya terida, pardada, suyakda va barmoqlar uchida uchraydi. Bunda ikkita qoʻshni barmoqlar uzunasiga bitgan boʻladi. Sindaktiliya terida jada koʻp uchraydi. Sindaktiliyaning teri bitishib qolishi bilan paydo boʻladigan shaklida ikkita barmoq. butun boʻyi barobar teri va teri osti kletchatkasi bilan bir-biriga birikib qoladi. Pardalar bilan bitishib qolgan shaklida barmoqlarning tirnoq Oʻrnashgan suyaklari bir-biri bilan birikib, barmoqlarning qolgan suyaklari orasi ochiq qoladi. Bu shaklida barmoq. uchlari teri orqali bitishib qolishi xam, suyak orqali bitishib ketgan boʻlishi ham mumkin. Suyaklar bitishib qolishi bilan yuzaga keladigan shaklida barmoqlar butun boʻyi bilan (yoki barmoqlar ayrim boʻgʻimlarining suyaklari oʻzaro) birikib qolishi mumkin.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sindaktiliyaning xamma turi operatsiya qilinadi, yaʼni barmoqlar orasi kesilib ajratiladi. Xosil boʻlgan nuqsonlarni shu yerdagi toʻqimalardan plastika qilish yoki son soxasidan teri koʻchirib Olinib, nuqsonga qoʻyiladi, teri plastikasi boʻyicha Dido va Djanelidze , shuningdek Ternovskiy usullari keng tarqalgan[5].

Polidaktiliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polidaktiliya(koʻp barmoqlilik). Ortikcha koʻp barmoqlilik tufayli boʻlgan nuqson koʻp barmoqdilik deyiladi. Koʻp barmoq ba'zida oltita, baʼzi vaqtlarda Yettita barmoqacha boʻlishi mumkin[6].

Oyoqlardagi polidaktiliya

D a v o l a sh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bola tugʻilganidan soʻng dastlabki oylarda jarroxlik yoʻli bilan davolanadi. Rentgen suratini oʻrganish operatsiyani toʻg'ri rejalashtirishga yordam beradi. Terini yarim oval (tuxumsimon) shaklda kesish maqsadga muvofiqdir. Qoʻshimcha barmoqlar yaxshi rivojlangan boʻlsa, tashqi joylashgan barmoq olib tashlanadi. Bu esa kaft nuqsonining kamayishiga olib keladi. Qoʻshimcha barmoqni batamom, epifizni qoldirmay olib tashlash kerak.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Травматология и ортопедия. Травматология и ортопедия. Юмашев Г.С
  • Шаповалов В.М., Грицанов А.И., Ерохов А.Н. (ред.) Травматология и ортопедия