Bargustvondor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bargustvondor – zirhli kiyim kiygan askar. Bargustvondorlar jang oldidan otlariga ham zirhli yopinchiq kiydirishgan. Bargustvondorlar dushman hamlasini qaytara olish va hujumda gʻalabani taʼminlay olgani bilan shohlarga qoʻl kelgan. Bobur oʻzining “Boburnoma” asarida oʻzidan oldin oʻtgan va Hindistonga yurish qilgan shohlar haqida yozadi va Guriylar sulolasi qoʻshinidagi bargustvondorlarni tilga olib oʻtadi: „Yana Sulton Shahobiddin Guriy, agarchi Xuroson saltanati anda emas edi, ogʻasi Sulton Gʻiyosiddin Guriyda edi, “Tabakoti Nosiriy”da keltiribdurkim, bir navbat bir laku yigirma ming bargustvondor bila Hindistonga cherik tortibtur“.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Boburnoma“. Toshkent. – 2008.
  • Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediya. SHARQ. – T.: 2014.