Barbos gʻoʻzasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barbos gʻoʻzasi (Gossypium barbosanum Phill. et Clem.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi V3, xromosomalar soni 2p q 26. Birinchi marta Klement va Fillipslar tomonidan ta’riflab berilgan (1963). Vatani Yashil Burun orollari. B. F.—tik oʻsadigan koʻp yillik buta, boʻyi 1–2 m. Barg plastinkalari kertikli, 5—7 boʻlmali, tuxumsimon-oval shaklda. Gulbarglari och sariq, asosida toʻq qizil dogʻlari mavjud. Koʻsaklari Z — 4 chanoqli, uzunchoq, qora smola bezchalar bilan qoplangan. Har bir chanogʻida 6 mm gacha uzunlikdagi qoʻngʻir tuklar bilan qoplangan 4 — 6-mayda chigiti bor. Biologik xususiyatlari yaxshi oʻrganilmagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Barbos gʻoʻzasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil