Kontent qismiga oʻtish

Baqiyat Solihat arab kolleji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baqiyat Solihat arab kolleji
Turi Islomiy universitet
Asos solingan sanasi 1857-yil
Prezidenti M. Muhammad Hoshim
Manzili
Madrasa Al-Baqiyat us-Salihat arab kolleji,Jayaram Chetty ko'chasi (Anjuman ko'chasi), Vellore, 632004.
,
Vellore
,
Hindiston

Baqiyat Solihat arab kolleji (جامعة الباقيات الصالحات) yoki Jamiya al-Bakiyat as-Solihat — Hindistonning Tamilnadu shtati, Vellore shahrida 1857-yilda tashkil etilgan islom kolleji[1][2]. Madrasa Aʼla hazrati Abdulvahhob tomonidan asos solingan. U Bahrul ulum Saahibul Karaamaat Ash Shayx Meer Amjad Ibrohim Chinna hazratlarining Maduraidagi Madurai Maqbara hazratlarining ikkinchi shogirdlaridan biri edi.

Viji va Yosirning fikricha, „Bu madrasa universitet maqomiga ega boʻlgan. Bu muassasa turli xorijiy mamlakatlarda oʻz fuqarolariga taʼlim berishda kashshof rol oʻynaganini hisobga olib, uning taʼlim maskani toʻgʻri Islom universiteti va Umm ul-Madaris nomi bilan atalgan. Garchi bu yerdagi oʻquv dasturi umumeʼtirof etilgan Nizomiy oʻquv dasturi boʻlsa-da: u zamon talablarini hisobga olgan holda ingliz tili bilan bir qatorda urdu (urdu tilini bilmaganlar uchun) tillarini ham oʻrganish imkonini beradi. Shuningdek, aspirantura (Mavlvi Fadhil) darajasidagi taʼlim mavjud. Bundan tashqari, Tasnif, Taʼlif, Tahqiyq va Tarjama (yozma/tahrir/tadqiqot va tarjima) boʻyicha mutaxassisliklarni taklif qiluvchi boʻlimlar ham faoliyat yuritadi. Ushbu muassasaning bitiruvchilari nafaqat mamlakat ichida, balki begona yurtlardagi instutlarda ham akademik sifatida ish faoliyatini olib bormoqda, shuningdek ular orasida oʻz taʼlim muassasalarini ochganlar ham bor“[3].

Madrasaning ishonchi sababli u Janubiy Hindistonda kuchli islom institutining shakllanishida muhim rol oʻynagan.

Taniqli bitiruvchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu Madarasaning bitiruvchilari Baqaviy (Baqaviy, Baquavi, Baqvi, Bakavi, Bakavi) nomi bilan mashhur. Mazkur madrasadan koʻplab taniqli islom ulamolari yetishib chiqqan[4][5]. Bitirgan olimlar butun Hindiston va Uzoq Sharq mamlakatlaridagi minglab maktablar va madarislarning kashshoflari hisoblanadi.

Mavlono Abdulhamid Baqaviy tomonidan Qur’onning Tamil tilidagi mashhur tarjimasi Hindiston janubidagi taniqli muftiylar va olimlar tomonidan eʼtirof etilgan[6].

  1. Alimudeen. „Few takers for traditional madrasa education“ (en). The Times of India (2013-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 12-fevral.
  2. „The Pride of Kashmir“ (en-US). Greater Kashmir (2016-yil 3-iyul). Qaraldi: 2020-yil 12-fevral.
  3. Viji, M; Yasir, Muhammed (2019). "Fountains of Islamic Education in Ancient Tamilnadu: A Historical Perspective". IJRAR- International Journal of Research and Analytical Reviews 6 (1): 637-640. http://ijrar.com/upload_issue/ijrar_issue_20543221.pdf. 
  4. See al-Hasani, 'Abd al-Hai, Nuzhat al-Khatir; vol. 8, entry no. 331, pp. 338–39
  5. Al Baqiyath Magazine 2014 (Urdu/Tamil/Malayalam)
  6. Pickthall, Marmaduke William. Islamic Culture (en). Islamic Culture Board, 1939.