Baitak ko‘li

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baitak ko`li
Turgay Depression_type:waterbody 48°40′0″N 62°10′0″E / 48.66667°N 62.16667°E / 48.66667; 62.16667 G OKoordinatalari: Turgay Depression_type:waterbody 48°40′0″N 62°10′0″E / 48.66667°N 62.16667°E / 48.66667; 62.16667 G O
Baitak ko'li va unga tutash ko'llar tasviri.
Baitak ko'li va unga tutash ko'llar tasviri.
RegionQozog`iston
Yuzasi52.3 (20.2 mil) km²
Qirgʻoq chizigʻining uzunligi10,5 (6,5 milya) km
Eng katta chuqurligi14 (46 fut) m
Oʻrtacha chuqurligi3 m

Baitak koʻli – (qozoqcha: Байтақкөл; ruscha: Байтакколь)[1][2] Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyati Yrgʻiz tumanidagi koʻl[3][4].


Eng yaqin aholi punkti Belcher boʻlib, ushbu aholi punkti koʻl qirgʻogʻining shimoliy chekkasidan 1 km (0,62 milya) uzoqlikda joylashgan[3]. Baitak koʻlini oʻrab turgan hudud qurgʻoqchil boʻlib, oʻta kontinental iqlimi va kam qor yogʻadigan sovuq qishi boshqa koʻllardan ajralib turadi. Baitak koʻlida yoz faslida issiq va kuchli shamollar kuzatiladi[5].

Geografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baitak koʻli Toʻrgʻay vodiysining janubiy qismida, dengiz sathidan 76 metr (249 fut) balandlikda joylashgan. Baitak koʻli uzun koʻl boʻlib, Quyi Toʻrgʻay vodiysidagi koʻllar guruhining eng kattasidir[6]. Baitak koʻli yaqin atrofdagi kichikroq koʻllar bilan yoʻnalish jihatdan bir xil yoʻnalishda joylashgan. Bu koʻrinishni yuqoridagi rasmda koʻrishimiz mumkin.

Keltekol koʻli (48°40′sh. 62°10′E) ekvatorga nisbatan janubda joylashgan. Baitak koʻlining shimoliy-gʻarbiy hududi Toʻrgʻay daryosi bilan kanal orqali tutashadi[7][3].

Baitak koʻli – Toʻrgʻay daryosining bahorgi toshqinlar natijasida hosil boʻlgan tekislikdagi koʻl. Ushbu toshqin davrda suv yangi boʻladi. Bahorgi toshqin tugagach, suv shimoliy-sharqiy chetidagi kanal orqali Toʻrgʻay daryosi tomon qaytib keladi. Qurgʻoqchilik fasllarida koʻl qisqaradi va suvi shoʻr boʻlib qoladi.

Soʻnggi yillarda koʻl suv manbaining yetishmasligi tufayli juda sayoz boʻlib qoldi[8].

Fauna[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baitak koʻli qirgʻogʻi qamishzorlardan iborat. Baitak koʻli suv qushlari, jumladan, yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan suv qushlari uchun asosiy boshpana hisoblanadi[9].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „қазақстан республикасының мемлекеттік жіктеуіші - КЛАССИФИКАТОР АДМИНИСТРАТИВНО – ТЕРРИТОРИАЛЬНЫХ ОБЪЕКТОВ“. 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-avgust.
  2. Ploщad ozer Kazaxstana (Tablitsa)
  3. 3,0 3,1 3,2 Google Earth
  4. „M-41 Topographic Chart (in Russian)“. Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.
  5. Lakes of Aktobe region.
  6. Kazakhstan National Encyclopedia, Vol, 2 / Ch. ed. B. O. Jakyp. – Almaty: „ Kazakh encyclopedia“ ZhSS, 2011. ISBN 9965-893-64-0(T. Z.),ISBN 9965-893-19-5
  7. «Kazakhstan Today» (www.kt.kz) В Актюбинской области Иргизско-Торгайская система озер оказалась под угрозой исчезновения
  8. Atlas of Key Sites for the Siberian Crane and Other Waterbirds in Western/Central Asia
  9. Lakes of Aktobe region.