Bachadon boʻyni eroziyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bachadon bo‘yni eroziyasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Bachadon boʻyni eroziyasi – bachadon boʻyni shilliq qavatining yuza shikastlanishi. Bachadon boʻyni eroziyasi eta koʻpincha jinsiy aʼzolardati shishlanish kasalliklari (kolpit va boshqalar) sabab boʻladi; bu kasalliklarda bachadondan koʻp chiqindi ajraladi, bundan tashqari, bachadon boʻynidagi bezlar ham koʻp shilliq ajratadi, natijada shilliq qavat yuzasi bichilib, shilinadi. Bachadon boʻyni eroziyasi e. abort, tugʻruq vaqtida bachadon boʻyni shilliq qavatining zararlanishi, shuningdek gormonal jarayonlarning buzilishidan ham yuzaga kelishi mumkin. Shilliq qavatning zararlangan yuzasi (ch i n eroziya) tezda bachadon boʻyni kanalidan oʻsib chiqqan silindrik epiteliy bilan qoplanadi – soxta eroziya vujudga keladi. Kasallik uzok, vaqtgacha (oylab, yillab) hech qanday belgisiz kechishi mumkin. Uni qancha barvaqt anikdansa, tez va oson davo qilinadi; kechiktirib yuborilsa, xavfli oʻsmaga aylanib ketishi mumkin Bachadon boʻyni eroziyasi e.ning oldini olish uchun jinsiy aʼzolarning turli yalligʻlanish kasalliklarini oʻz vaqtida davolash, eng muhimi muntazam ravishda yiliga ikki marta tibbiy koʻrikdan oʻtib turish lozim.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bachadon boʻyni eroziyasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil