Baʼs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baʼs (arab. tiklanish, jonlanish, tirilish, uyg‘onish).Islom taʼlimotida Baʼs “o‘limdan keyin qayta tirilish” maʼnosini bildirib, unga imon keltiriladi. Bu xususida Qurʼoni karimda 3 suraning 4 joyida keladi. Masalan,“(Ey,insonlar!) Sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni (yaratish va qayta tiriltirishning) o‘zginasidir (osondir)” (Luqmon, 28). Haj surasining 5-oyatida:“Ey odamlar! Agar qayta tirilish haqida shubha qiladigan bo‘lsangiz, bas, Biz sizga bayon qilishimiz uchun sizlarni tuproqdan...yaratdik”, deyiladi. Mazkur oyatni ulamolar: “Baʼsni inkor qiluvchilar insonning yaratilishiga eʼtibor bersinlar. Insonni quruq tuproqdan yaratgan Zot o‘lgan odamni qayta tiriltira olmaydimi? Insonni yo‘qdan bor qilgan va unga jon bergan Zot endi uni o‘limdan so‘ng tiriltirib, o‘zi olgan jonni qayta kirita olmaydimi?” deb sharhlaydilar. Barcha payg‘ambarlar (a.s.) o‘limdan keyin qayta tirilishning haqligi haqida xabar berganlar. Shuningdek, Muhammad (s.a.v.) ham Baʼsni batafsil bayon qilganlar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 75.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.