Azim Ahmadxo‘jayev
Azim Isroilovich Ahmadxo‘jayev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
12-iyul 1979-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Alma mater | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Azim Isroilovich Ahmadxoʻjayev (oʻzbekcha: Axmedxadjayev Azim Isroilovich; 1979-yil 12-iyulda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi. 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmadxoʻjayev Azim 1979-yil 12-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan.
2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini;
2002-yilda esa Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining magistratura bosqichini (Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro valyuta-kredit munosabatlari sohasida) tamomlagan.
2003-yilda Avstraliyaning Wollongong universiteti magistratura kursida tahsil olgan.
Ahmadxoʻjayev mehnat faoliyatini 2003-yilda „Oʻzmarkazimpeks“ davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasida mutaxassis sifatida boshlagan.
Shuningdek, 2003—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Investitsiyalar va investitsiya dasturlari boshqarmasining investitsiya loyihalari monitoringi guruhi yetakchi mutaxassisi vazifasida ham faoliyat olib borgan.
2004—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy moliya va sugʻurta tashkilotlari hamda donor davlatlar bilan hamkorlik boʻlimi bosh mutaxassisi;
2005—2006-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi;
2006—2007-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Ijroiya direksiyasi loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilish guruhi bosh mutaxassisi va loyiha rahbari;
2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki Moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, keyinroq Moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2008—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki Moliya tashkilotlari bilan hamkorlik bosh boshqarmasi boʻlimini boshqargan.
2009—2011-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki „NBU Invest group“ boshqaruvi raisi;
2011-yildan 2014-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari vazifasida ishlagan.
2014-yildan 2016-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari;
2016—2017-yillarda „Asaka“ aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi[1].
2017—2018-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar davlat qoʻmitasi raisi[2];
2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimida faoliyat olib borgan. Keyinchalik 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori oʻrinbosari[3];
2019—2021-yillarda — Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari vazifasida xizmat qilgan[4][5].
2021-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Азим Ахмедходжаев стал руководителем банка «Асака» - Anhor“. 15-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.
- ↑ „Архивированная копия“. 15-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.
- ↑ „UzNews - Экс-глава Госкоминвестиции возглавил Мининфоком“. 15-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.
- ↑ xakima
- ↑ „Азим Ахмедхаджаев стал замхокима Джизакской области – Газета.uz“. 15-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.
- ↑ „Руководство“. 15-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2022-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- https://uz.sputniknews.ru/20210901/v-uzbekistane-naznachen-pervyy-zamministra-energetiki-20323238.html
- https://www.gazeta.uz/ru/2019/01/11/jizzax/
- https://uznews.uz/posts/eks-glava-goskominvestitsii-vozglavil-mininfokom-20-02
- https://anhor.uz/news/azim-ahmedhodzhaev-stal-rukovoditelem-banka-asaka/
- https://podrobno.uz/cat/economic/azim-akhmedkhodzhaev-za-schet-uchastiya-v-mirovykh-reytingakh-povysim-investitsionnuyu-privlekatelno/
- https://uz.vesti.news/latest/azim/