Aylanama harakat dinamikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aylanma harakat- Qattiq jism aylanganda uning aylanish oʻqida yotmagan har bir nuqtasi aylana yasaydigan hara-kat. Bunda har qaysi aylana tekisligi qoʻzgʻalmas toʻgʻri chi-ziq aylanish oʻqiga  tik  boʻladi , aylanalarning markazi esa shu oʻqda yotadi. Aylanma harakat burchak tezligi va burchak tezlanishi bilan ifodalanadi. Aylanma harakatda ayrim kattaliklar-Ayalanma harakatni ifodalashda R va Δφ qutb koordinatalaridan foydalanish qulaydir. Bu yerda R(radius) – qutbdan moddiy nuqtagacha bo’lgan masofa-dir, φ–qutb burchagi (burilish burchagi). Kuch momenti- Kuch momenti bu jismni biror oʻq atrofida aylantiruvchi kuchning oʻlchovi.Chiziqli kine-matikada kuch jismning tezlanishi sababchisi boʻlsa, aylanma hara-katda kuch momenti burchak tezlanishning sababchisi hisoblanadi. Kuch momenti vektor kattalik. Kuch mo-mentining yoʻnalishi taʼsir etuvchi kuchning yoʻnalishiga bogʻliq. Kuch momentini hisoblash formulasi- O'qga nisbatan kuch momenti yoki oddiygina kuch momenti kuchning radiusga perpendikulyar bo'lgan va kuch qo'llash nuqtasida chizilgan to'g'ri chiziqqa proyeksi-yasi, bu nuqtadan o'qgacha bo'lgan masofa-ga ko'paytriladi. Impuls momenti- Moddiy nuqtaning impulsi р = m*v.  Mazkur moddiy impulsning ixti-yoriy qo’zg’almas O nuqtaga nisbatan momenti quyidagi ko’paytma bilan aniqlanadi. Impuls momentini hisoblash formulasi- Tezlik bilan hara-katlayotgan m massa-li moddiy nuqta im-pulsga ega. Mazkur moddiy impulsning ixtiyoriy qo’zg’almas O nuqtaga nisbatan momenti quyidagi ko’pmaytma bilan aniqlanadi. Impuls momentining saqlanish qonuni- Zarrachalar yoki jismlar sistemasining impuls momentlari bu sistemaga kiruvchi barcha jismlar impuls momentlarining vektor yig’indisiga teng. Inersiya momenti-Biror m massali nuqtaviy jismning aylanish o`qiga nisbatan inersiya momenti deb uning massasini aylanish radiusining kvadratiga ko`paytmasi bilan ifodalanuvchi kattalikka aytiladi. I=m*R2 qattiq jismning inersiya mo-menti uning qismlari inersiya momentlarining yig`indisiga teng. Inersiya momenti ayrim manbalarda aylan-ma harakat inersiyasi deb ham ataladi. Shuningdek, u ikkinchi massa momenti deb ham aytiladi. “ikkinchi” soʻzi u kuch yelkasining kvadratiga  toʻgʻri proporsional ekani-ni bildirish uchun ishlati-ladi. Shteyner teoremasi-Berilgan jismning ixtiyo-riy o’qqa nisbatan inersiya momenti, shu o’qqa parallel va jismlar massa markazidan o’tuvchi o’qqa nisbatan I0 inersiya momenti bilan uning massasi va aylanish o’qidan og’irlik markazigacha bo’lgan masofa kvadrati ko’paytmasining yig’indisiga teng.