Gaz payvand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Avtogen bilan payvandlashdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Gaz payvand, gaz bilan payvandlash — metallarni gaz alangasida suyuqlanish t-rasigacha qizdirib biriktirish. Yonilgʻi sifatida atsetilen, metan, propan, b. ishlatiladi. G.p.da eriydigan chok simi qoʻllaniladi. Yupqa poʻlat detallar, choʻyan buyumlar, rangli metallar va qotishmalardan iborat birikmalarni payvandlashda keng qoʻllaniladi. Quvurlar, t.y. relyelari va b. choklarini payvandlashda gaz-presslash usulidan foydalaniladi. Bunda choklar payvandlash gorelkalari bilan 1—2 min. qizdiriladi, shundan soʻng quvur (yoki rels) ning ulanadigan joylari gidravlik qurilma bilan siqiladi. Shunda quvur (yoki rels) uchlari bir-biri bilan mustahkam birikib qoladi

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil