Avtarkiya
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Avtarkiya (qadimgi yunoncha: αὐτάρκεια [avtarkeia]– oʻz-oʻziga yetarli) – mamlakatning oʻz-oʻzini ta’minlash qoidasiga asoslangan, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalardan uzilib qolgan biqiqit xoʻjalik yuri-tish siyosati. Avtarkiyaning asosiy vositalari: mamlakatga kiritiladigan tovarlar uchun yuqori cheklovchi bojlar va kvotalar joriy etish; iste’mol tovarlari narxini oshirish; boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini ri-vojlantirishda turli toʻsiqlar qoʻyish. Jahon iqtisodiy-xoʻjalik aloqalaridan uzilib qolish amalda mamlakatda natural xoʻjalik yuritishga olib keladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |