Aviva Stadium
| |
Joyi | 62 Lansdowne Road |
---|---|
Koordinatalari | 53°20′6.5″N 6°13′42.0″W / 53.335139°N 6.228333°W G OKoordinatalari: 53°20′6.5″N 6°13′42.0″W / 53.335139°N 6.228333°W G O |
Qachon qurilgan | 2007-2010 |
Qachon ochilgan | 2010-yil 14-may |
Egasi | Irish Rugby Football Union] |
Operator | New Stadium Ltd |
Inshoot narxi | €410 million |
Meʼmor | Populous |
Hajmi | 51,700 |
Maydon egalari | |
Ireland national rugby union team |
Aviva Stadium (shuningdek, Lansdowne Road nomi bilan ham tanilgan) — Irlandiyaning Dublin shahrida joylashgan, 51 700 tomoshabinga moʻljallangan (barchasi oʻtirgan) sport stadioni.[1][2] U 2007-yilda buzib tashlangan sobiq Lansdaun Roud stadioni oʻrnida qurilgan va uning oʻrniga uning bosh ijarachilari: Irlandiya regbi ittifoqi jamoasi va Irlandiya Respublikasi futbol jamoasi joylashgan. Stadionni qayta qurish qarori Irlandiya stadioni va Eircom Park uchun rejalar barbod boʻlganidan keyin qabul qilindi. Aviva Group Ireland 2009-yilda nomlash huquqi boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi.[3]
Lansdowne Road temir yoʻl stantsiyasi yonida joylashgan stadion 2010-yil 14-mayda rasman ochildi. Stadion Irlandiyadagi birinchi va yagona UEFA 4-toifali stadionidir va 2011-yilda u Yevropa Ligasi finaliga mezbonlik qilgan. Shuningdek, 2010-yil avgust oyidan boshlab Millatlar kubogi shuningdek, milliy regbi terma jamoasi, futbol milliy terma jamoasi va Leinster regbi boʻyicha baʼzi uy uchrashuvlari oʻtkazildi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Stadion rasmiy ravishda 2010-yil 14-mayda oʻsha paytdagi Taoiseach Brayan Kouen tomonidan ochilgan.[4][5][6] 2011- yilda stadion Britaniya qurilish sanoati mukofotiga sazovor boʻldi.[7]
Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]
Irlandiya milliy regbi ittifoqi jamoasi uy oʻyinlarini avvallari Lansdaun stadionda oʻtkazadi. Irlandiyaning birinchi xalqaro oʻyini 2010-yil 6-noyabrda Janubiy Afrikaga qarshi boʻlib oʻtdi va Springboks 23-21 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyinga 35,515 tomoshabin tashrif buyurdi.[8]

FAI kubogi finali[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aviva 2010-yildan beri har yili FAI kubogi finaliga mezbonlik qiladi. Aviva stadioni qurilayotgan paytda kubok finali RDS Arena va Tallaght Stadium boʻlib oʻtgan. Yangi stadiondagi birinchi Kubok finali 2010-yil 14-noyabr yakshanba kuni boʻlib oʻtgan FAI kubogi finali edi. Sligo Rovers qoʻshimcha vaqtdan keyin 0:0 hisobida yakunlanganidan keyin penaltilar seriyasida Shamrock Roversni 2:0 hisobida magʻlub etdi. Oʻyinga jami 36 101 kishi tashrif buyurdi. Bu FAI kubogi finalida 1968-yildan beri eng koʻp kelgan tomoshabin boʻldi.[9] 2021-yilgi final oʻyiniga jami 37 126 tomoshabin tashrif buyurdi, unda Sent-Patriks penaltilar seriyasida „Bohemians“ni magʻlub etdi.[10]
Dublin Superkubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dublin Superkubogi Avivada boʻlib oʻtgan mavsumoldi futbol turniri edi. 2011-yilda „Seltik“, "Manchester Siti ", „Inter“ va Irlandiya 11-ligasi ishtirok etgan. „Manchester Siti“ turnirda gʻolib chiqqan.[11][12]
Imkoniyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Stadion kosa shaklida boʻlib, yerning uch tomonida toʻrt qavatli. Stadionning sigʻimi uning ochilishidan oldin ham juda kichikligi uchun tanqid qilingan edi, ayniqsa 2007-yildan beri Krok Parkda Irlandiya regbi boʻyiccha va futbol boʻyicha muhlislar sonining koʻpligi boʻyicha.[13] Stadion tomi mahalliy turar-joylarga yorugʻlikni toʻsib qoʻymaslik uchun toʻlqinsimon tarzda qurilgan.[14]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Empty feeling not lost on O'Gara“. The Irish Times (7-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2010-yil.
- ↑ (29-noyabr 2010-yil). „IRFU Ticket Price Announcement“. Press-reliz. 31-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-noyabr 2010-yil.
- ↑ Gallagher, Paul. „Lansdowne to be renamed Aviva Stadium“. The Irish Times (2-fevral 2009-yil). Qaraldi: 19-fevral 2010-yil.
- ↑ „Lansdowne Roar to live on at Aviva“. RTÉ Sport (14-may 2010-yil). 18-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-noyabr 2014-yil.
- ↑ „BBC News — Gates open at new national stadium“. BBC News. Qaraldi: 24-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Sport-Dublin opens new Aviva stadium after three years“. Reuters. Qaraldi: 24-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Winners 2011“. www.bciawards.org.uk (2011). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „O'Gara pleads with Ireland fans“. Scrum. ESPN Sports Media (7-noyabr 2010-yil). 11-noyabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-noyabr 2010-yil.
- ↑ „Redemption day for heroic Kelly“. Irish Independent. Qaraldi: 28-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Benson keeps his nerve to win dramatic FAI Cup final for Saint Patrick's Athletic“. the42. Qaraldi: 28-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Manchester City win Dublin Super Cup“. ExtraTime.ie (31-iyul 2011-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2012-yil.
- ↑ „Mario Balotelli back in favour as Manchester City rout Internazionale“. The Guardian. Guardian News and Media (31-iyul 2011-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2012-yil.
- ↑ „Kevin Myers: 'New stadium is an irreversible and huge tragedy for Irish sport'“. Independent.ie. Qaraldi: 24-noyabr 2014-yil.
- ↑ Harrison, Shane. „Gates open at new national stadium“. BBC News (14-may 2010-yil). Qaraldi: 14-may 2010-yil.