Aviasozlik materiallari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Po-2 samolyoti
Rossiyaning Su-47 "Berkut" beshinchi avlod qiruchi samolyoti

Birinchi samolyotlar yog'och karkasga ega bo'lgan. Yog'och aviakonstruktorlar uchun eng yengil, mustahkam, va arzon material edi. Unga ishlov berish, yopishtirish, yog'och detallarni shurup yordamida biriktirish oson. Metall faqatgina ikki yog'och konstruksiyani biriktirish talab etiladigan joylarda qo'llanilgan. Bir necha o'n yillar davomida juda ko'p samolyotlarning qanotlari, eleronlari, flyuzerlyajlarining karkaslari perkal - havo o'tkazishi va suv o'tkazmasligi uchun lok shimdirilgan paxtalik mato yordamida makhamlab bog'lab qo'yilgan. Samolyot konstruksiyasida metallning ishlatilishi ulkan ustunliklarga sabab bo'lardi:mustahkamligi teng bo'lgan holda alumin konstruksiya yog'och konstruksiyaga nisbatan anchagina yengil bo'lardi. Biroq u vaqtlarda uchuvchi metall - aluminiyni sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmagan edi. Faqatgina 1918-yilgina, Germaniyada birinchi bo'lib butunlay metalldan yasalgan samolyot yaratildi. Aluminiy yog'ochga nisbatan yengil va mustahkamroq, bu metalldan yasalgan detallar boltlar va mizparchinlar yordamida biriktiriladi. Vaqt o'tishi bilan aluminiy o'rniga undan ko'ra mustahkamroq bo'lgan qotishma - duraluminiy [1] paydo bo'ldi. Ikkinchi jahon urushi davridagi aksariyat samolyotlarda qanot va flyuzelyajning qoplamasi va karkasi duraluminiydan yasalgan. Undan qilingan qoplama parvoz paytida og'rlikning bir qismini o'ziga oladi, bu esa butun konstrusiyani yengilroq qilish imkonini beradi.

Tovush tezligidan tezroq uchishga erishilganidan keyin, samolyot konstruksiyasining havoga ishqalanishi natijasida judayam qizib ketishi muammosiga dusch kelindi va duraluminiydan voz kechishga to'g'ri keldi. Tovushdan tez uchuvchi samolyotga mustahkam va yengil qanotlar talab etilardi. BUnga titan yordamida erishish mimkin.Biroq titanga ishlov berish va undan detallar yasash qiyin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Aviatsiya.Bolalar uchun ensiklopediya. Kudishin I.V..