Sapargul Avezova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Avezova Saparguldan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sapargul Avezova (1927.7.7, Xalqobod) – Qoraqalpog‘iston (1957) va O‘zbekiston (1967) xalq artisti. 1945 yildan Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida aktrisa. Asosiy rollari: Komila Shokirovna ("Birinchi muhabbat"), Parshagul ("Suymaganga suykanma"), Xadicha ("Sarvqomat dil-barim"), Erita ("Gerostatning nomi o‘chsin"), Xumor ("Berdaq"), Qorasoch ("Shubha"), Jannat xola ("Qaynona"), Tangabika ("Oy tutilgan tunda"), Far-monbibi ("Kelinlar qo‘zg‘oloni"), Xumor ona ("Ernazar Olako‘z") va boshqa A. ijodining qamrovi keng, maishiy dramatik, o‘tkir harakterli komediya janridagi rollarni me’yoriga yetkazib ijro qiladi. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti laureati (1980).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil