Atomlar elektr maydonda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atomlar markazida yadro joylashgan va yadro atrofida maʼlum energetik sathlar boʻylab harakatlanadigan elektronlardan tashkil topgan. Agar atomga elektron yetishmasa musbat ion, aksincha ortiqcha boʻlsa esa manfiy ion deyiladi. Yetishmayotgan yoki ortiqcha elektronlar soniga qarab ionning zaryad miqdori belgilanadi. Musbat yoki manfiy ion elektr maydonga kiritilganda elektr maydon tomonidan unga kuch taʼsir qiladi. Elektrostatik va elektr maydonlarning farqiga borishimiz kerak. Elektrostatik maydon — qoʻzgʻalmas zaryad hosil qilgan maydon. Elektr maydon — harakatdagi zaryadli zarralar hosil qiladigan maydon. Zaryadli zarraga elektr maydon tomonidan

kuch taʼsir qiladi.

Neytral atom kuchli elektr maydonga kiritilganda atom spektrida oʻzgarish kuzatiladi. Bunda ikki xil holat boʻlishi mumkin:

Birinchidan holda, yaʼni atom xususiy elektr dipol momentiga ega boʻlganda elektr maydoni qoʻyilsa, maydon boʻylab chiziqli kattaliklargina hisobga olinganda, atom elektr maydon kuchlanganligi E ning birinchi darajasiga proporsional boʻlgan qoʻshimcha (-Pɛ) energiya oladi. Bunda atom spektrida spektral chiziqlarning siljishi va ajralishi (atom energetik sathlarining siljishi va ajralishi) ham elektr maydon kuchlanganligining birinchi darajasi ɛ ga proporsional boʻladi. Bunday effekt Shtark tomonidan aniqlangan boʻlib, chiziqli Shtark effekti deyiladi.

Ikkinchi holat, yaʼni atomda xususiy elektr dipol momenti yoʻq. Bunda elektr maydon qoʻyilganda, atomda induksiyalangan dipol momenti paydo boʻladi, yaʼni:

bunda a- atomning elektr qutblanuvchanligi boʻlib, uni kvant mexanikasi metodlaridan foydalanib hisoblab topish mumkin. Qoʻyilgan elektr maydoni 0 dan ε gacha oshirilganda, atomning elektr dipol momenti ham 0 dan P gacha ortib boradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. G.Axmedova, O.B.Mamatqulov, I.Xolbayev. Atom fizikaisi.