Atlanta hip hop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ludacris

Atlanta hip hop musiqa sahnasi boy va rang-barang bo'lsa-da, shaharning hip-hop musiqasi e'tirof etilgan va tijorat jihatdan muvaffaqiyatli bo'lgan. 2009-yilda The New York Times Atlantani „hip-hopning tortishish markazi“ deb atadi va shaharda ko'plab mashhur hip-hop va R&B musiqachilar yashaydi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

T.I.
Gucci Mane

1980-yillar va 1990-yillarning boshlarida Atlantaning hip-hop sahnasi Kilo Ali, MC Shy-D, Raheem the Dream va DJ Smurf (keyinchalik Mr.Collipark) kabi yulduzlar ishtirokida Miami's electro-driven bass music musiqa turi bilan ajralib turardi. MC Shy-D 1988-yilda DJ Toomp tomonidan ishlab chiqarilgan „Shake it“[1] kabi Atlantaga asl Bronks uslubidagi hip-hopni olib kelgan. [[Arrested Development] 1992-yilda Grammy mukofotini qo'lga kiritgan bo'lsa, Mr Wendal & People Everyday va Kris Kross o'zlarining xit qo'shig'i „Jump“ bilan g'olib chiqdilar. Tag Team guruhi o'zining debyut platina sertifikatiga ega Whoomp albomini chiqardi.[2]

1990-yillarning o'rtalariga kelib, LaFace Records ijrochilari Outkast, Goodie Mob va Organized Noize prodyuserlik jamoasining ko'tarilishi hip-hopning rivojlanishiga olib keldi. Atlanta mintaqasida „The SWATS“ („Southwest Atlanta, too strong“) mashxur atamasi 1996-yilda modaga kirdi.[3]

1990-yillarning oxiridan 2000-yillarning boshigacha prodyuser Lil Jon quvnoq va klubga yoʻnaltirilgan hip-hop bilan mashhur boʻlgan crunk deb nomlanuvchi hip-hop subjanrining asoschisiga aylandi. Shuningdek, 1990-yillarning o'rtalarida Jermaine Dupri tomonidan asos solingan leybl, Da Brat, Jagged Edge, Xscape va Dem Franchise Boyz kabi mashxurlar bilan shartnoma imzolagan.

2009 yilda The New York Times ta'kidlaganidek, 2000-yildan keyin Atlanta hip-hopning tortishish markaziga aylandi, bu xip-xop innovatsiyasining siljishiga bir turtki bo'ldi. Prodyuser Drumma Boy Atlantani „janubning erish qozoni“ (Eritma qozoni tushunchasi ko'pincha immigrantlarning Qo'shma Shtatlarga assimilyatsiya qilinishini tasvirlash uchun ishlatiladi) deb atadi.

2018-yil holatiga ko'ra, Atlanta Trap musiqasi pop musiqa jadvallarida hukmronlik qilishda davom etmoqda. 2017-yilda Atlantalik mualliflardan biri Future Billboard chartlarida birinchi o'rinni ketma-ket egalladi. Lil Yachtyning 2018-yilda chiqargan „Lil Boat 2“ relizi 2-o'rinni egalladi.

Atlanta hip-hopi ommaviy axborot vositalarining boshqa asosiy shakllariga ta'sir ko'rsatdi. Atlantada joylashgan bir qator ijodkorlar, jumladan Killer Mike va Jermaine Dupri ham mahalliy va milliy siyosiy harakatlarda ishtirok etishdi.[4]

Eng ko'p sotilgan ijodlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy multi-platina ijodkorlari orasida Ludacris, Ciara, B.o.B, Outkast, Young Jeezy, T.I. va boshqalar o'rin olgan.

Ijodkor Yil Rank Musiqa nomi Yil O'rni Albom nomi
21 Savage 2017 1 Bank Account 2016 1 ISSA
B.o.B 2010 1 Nothin' on You 2010 1 B.o.B Presents: The Adventures of Bobby Ray
CeeLo Green 2010 2 Fuck You!
Childish Gambino 2018 1 This Is America
Ciara 2004 1 Goodies 2006 1 Ciara: The Evolution
D4L 2006 1 Laffy Taffy Down for Life
Gnarls Barkley (CeeLo Green/Danger Mouse hamkorligi) 2006 2 "Crazy"
Kris Kross 1992-1995 1 4 #1 singllar 1992 1 Totally Krossed Out
Lil Jon 2004 2 Get Low
Lloyd 2007 2 Street Love
Ludacris 2003-2006 1 4 #1 singllar 2003-2010 1 4 #1 albomlar
Monica 1998-1999 1 4 #1 singl 2003 1 2 1# albomlar
Outkast 2000-2003 1 3 #1 singllar 2003 1 Speakerboxxx/The Love Below
Shop Boyz 2007 2 Party Like a Rockstar Rockstar Mentality
Soulja Boy 2007 1 Crank Dat
Tag Team 1993 2 Whoomp! (There It Is) 1993 Whoomp! (There It Is)
T.I. 2006-2013 1 4 #1 singllar 2006-2008 1 3 #1 albomlar
The-Dream 2009 2 Love vs. Money
Usher 1998-2010 9 #1 singllar 2004-2012 4 #1 albomlar
Ying Yang Twins 2005 2 U.S.A. (United State of Atlanta)
Young Jeezy 2006-2014 2 2 #1 albomlar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mickey Hess, Hip Hop in America: A Regional Guide: Volume 1: East Coast and West Coast
  2. Billboard - Google Books, 1995-09-04. 
  3. Mickey Hess, Hip Hop in America: East Coast and West Coast
  4. „How Atlanta rappers helped flip the White House (And they're hustling to flip the US Senate)“. CNN.