Atirgul minorasi
Qiyofa
| Atirgul minora | |
|---|---|
|
| |
| Umumiy maʼlumot | |
| Shahar | Dubay |
| Mamlakat |
|
| Foydalanilishi | Mehmonxona |
| Qurilishi boshlangan | 2004-yil |
| Qurilishi tugagan | 2007-yil |
| Egasi | Rotana Hotels (Rotana mehmonxonalari) |
| Balandligi | |
| Antenna / Shpil | 333 m |
| Eng yuqori qavati | 237 m |
| Texnik holati | |
| Qavatlar soni | 72 ta |
| Binoning ichki maydoni | 50 569 kv.m. |
| Liftlar soni | 8 ta |
| Dizayn va konstruksiya | |
| Meʼmor | Khatib & Alami group |
| Quruvchi | Abbco Group |
| Atirgul minorasi | |
Atirgul minorasi (inglizcha: Rose Tower, toʻliq nomi Rose Rayhaan by Rotana) 72 qavatli 333 metrli bino boʻlib, BAAning Dubay shahridagi Shayx Zayed yoʻlida joylashgan. 2015-yil holatiga koʻra, u Osiyodagi 42-eng baland bino va dunyodagi 55-eng baland binolardir. Minora dastlab 380 m (1247 fut) balandlikda boʻlishi kerak edi, ammo loyihalashtirilish va quririlish jarayonida balandligi pasaydi. Qurilish 2004-yilda boshlangan va 2006-yil 24-oktabrda qurib bitkazilgan va shpil oʻrnatilgan. Mehmonxona 2008-yil aprel oyidan beri ochiq. Shu bilan birga, rasmiy ochilish faqat 2009-yil 23-dekabrda boʻlib oʻtdi.
Bonyan International Investment Group kompaniyasi ushbu osmonoʻpar bino qurilishiga 180 million AQSh dollar sarmoya kiritgan.
Qiziqarli faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rose Rotana Suites 2008-yil aprel oyida ochilganidan keyin bino 2008-2012-yillarda dunyodagi eng baland mehmonxona boʻlgan. Bino balandligi 321 metr boʻlgan mashhur Burj Al Arabdan balandroq.
- Atirgul minorasi Dubaydagi spirtli ichimliklar sotishga ruxsat bergan birinchi mehmonxonalardan biridir. Mehmonxonada 24/7 kun ishlaydigan ikkita restoran va kafe mavjud[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Башня Розы… не только самая высокая в мире.“. 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-dekabr.