Atirgul moyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Atirgul Moyidan yoʻnaltirildi)

Atirgul moyi – efir moyi; tiniq moysimon xushboʻy sargʻish suyuqlik. Zichligi 950 – 990 kg/m3 (20° da). Atirgulning, asosan qozonlik (Bol-gariyadagi shahar nomidan) atirgulning gulbargini suv bugʻi bilan haydash yoki uchuvchan organik erituvchilar (petroley efiri, benzol, etil spirt va boshqalar) vosita-sida olinadi. Suv bugʻi bilan haydash usu-li koʻproq qoʻllaniladi. 1 kg moy 2 – 5 t gulbargdan olinadi. Atirgul moyi tarkibiga 200 dan ortiq komponentlar (feniletil spirti, terpen spirtlari – sitronel-lol, nerol, geraniol, linalool va ularning efirlari, alifatik aldegidlar va boshqalar) kiradi. Atirgul moyining spirtda erimay-digan qismi (taxminan 5%)ni stearoptenlar (parafin uglevodorodlari) tashkil qiladi. Yuqori sifatli atirlar tayyor-lashda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil