Asvad Ansiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asvad Ansiy (arab. الاسود العنسي; 632-yilda vafot etgan[1])) - Abhala ibn Ka’b (arab. عبهلة بن كعب) nomi bilan ham tanilgan, Banu Ans qabilasining boshlig‘i va ridda urushlari vaqtida o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan to‘rtta yirik soxta payg‘ambardan biri edi. U Yamanda yashab, Muhammad sollallohu alayhi vasallam umrlarining oxirlarida payg‘ambarligini e’lon qilgan. U sirli aura yaratish uchun yuzini yopib olgani bois “Yopinchiq o‘rangan” yoki Zul-Ximor (arab. ذي الخمار) nomi bilan ham tanilgan.

Folbin va sehrgar Asvad nayranglar bilan olomonning ko‘zini qamashtirish qobiliyatiga ega edi. Rivoyatlarga ko‘ra,uning oldida tiz cho‘kishga o‘rgatgan eshagi bor edi: u eshakka “xo‘jayining oldida tiz cho‘k” desa, tiz cho‘kardi, keyin esa unga “xo‘jayining oldida ta’zim qil”, desa, ta’zim qilar edi. Shundan u Zul-Ximor (arab. ذي الخمار – eshak ustasi) degan laqab olgan.

Muhammad alayhissalom Makkaga oxirgi haj safarlaridan keyin kasal bo‘lib qolganlarida, Asvad o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan. U Muhammad alayhissalomga o‘xshab ilohiy vahiy olganini da’vo qilgan va bu vahiylarni o’z qavmiga o‘qib bergani qayd etilgan. Asvad Najron va Yamanning katta qismini bosib olgan. U Sanoga hujum qilgan; Yaman hukmdori va Bozonning o‘g‘li Shahr Asvadga qarshi jangda halok bo‘lgan. Asvad Shahrning bevasiga uylanib, oʻzini Yaman hukmdori deb eʼlon qiladi. Yamanga bostirib kirganidan keyin u unvonini “Xudoning paygʻambari”dan “Rahmon”ga oʻzgartirgan.

Asvadning Yaman ustidan hukmronligi qisqa davom etgan: kelib chiqishi fors bo‘lgan Fayruz Daylamiy Asvadga qarshi qo‘shin tortib kelgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Asvad Muhammad alayhissalomning vafotlaridan oldingi kechada o‘ldirilgan. Asvad vafotidan keyin uning tarafdorlari Qays ibn Abdu Yag‘us boshchiligida qo‘zg‘olonni davom ettirganlar. Fayruz ularni mag‘lub etgan va ular boshliqlari bilan birga taslim bo’lganlar.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Algül, Hüseyın. ESVED el-ANSÎ - An article published in 11th Volume of Turkish Encyclopedia of Islam. Istanbul: TDV İslâm Ansiklopedisi, 1995 — 440-441 bet. ISBN 978-97-53-89438-8. 
  • Sword of Allah: Khalid bin al-Waleed by A.I. Akram ISBN 0-19-597714-9
  • Abu al-Abbas Ahmad bin Jab al-Baladhuri