Astroviruslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

  Категория:Вирусы по алфавиту Категория:Биологические статьи без ITIS Astroviruslar ( lotincha: Astroviridae ) 1975 yilda inson axlatida elektron mikroskop yordamida topilgan viruslar oilasi .

Picornaviridae va Caliciviridae[en] bilan bir qatorda astroviruslar bir zanjirli genomik (+) RNKga ega bo'lgan konvertsiz viruslarning uchinchi oilasi hisoblanadi [1][2] . Inson astroviruslari yosh bolalarda va kattalarda gastroenteritning sabablaridan biri hisoblanadi asosan emish yoshidagi yoki 1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda ko'p uchraydi[1] .

Alomatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolalar va kattalarda gastroenteritni keltirib chiqaradi. Asosiy alomatlar diareya, ko'ngil aynishi, qusish, bezovtalik va qorin og'rig'i. Infektsiyalanganlar kasalxonaga yotqizilishi shart emas, chunki kasallik belgilari qisqa vaqt ichida o'z-o'zidan yo'qoladi [3] .

Diagnostika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektron mikroskopiya, IFAimmunofluoresans, PCR usullari mavjud.Infektsiyalangan odamlarning najaslarida virusli zarralar, antigenler yoki nuklein kislotalarni aniqlashi mumkin [4] .

Real vaqtda PCR usuli ommaviy ravishda inson astroviruslarining barcha genotiplarini aniqlashda tezkor usulda aniqlash imkonini beradi [5] .

Virion[tahrir | manbasini tahrirlash]

Astrovirus infektsiyasiga qarshi emlash yoki virusga qarshi vosita yo'q. Chunki virus o'z antigenini o'zgartirib turadi. Shaxsiy gigiena kasallanish ehtimolini kamaytiradi. Ko'p odamlarning qon zardobida antitelolarning topilishi ,astroviruslarning aholi orasida keng tarqalganligini bildiradi. 6 oylik bolalar orasida 45% va 5-10 yoshdagilarning 75% dan antitelo topilgan.

Morfologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Astrovirus virionlarining diametri taxminan 28-35 nm, shakli ikoseadr va yulduzsimon shaklga ega, besh yoki olti qirraga ega. Viruslar kapsidni o'z ichiga olmaydi, genom RNK bilan ifodalanadi .

Tasniflash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Astroviruslar oilasiga ikkita avlod kiradi: sutemizuvchilarda uchrovchi yuqumli Mamastrovirus (19 tur) va qushlarda uchrovchi Avastrovirus (3 tur). Turlar ham serovarlarga bo'linadi .

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rotaviruslar
  • Virus Norwalk

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Brown D. W., Gunning K. B., Henry D. M., et al. A DNA oligonucleotide microarray for detecting human astrovirus serotypes(ingl.) // Journal of Virological Methods : journal. — 2008. — January (Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр. — DOI:10.1016/j.jviromet.2007.07.028. — PMID 17905448.
  2. Matsui S. M., Kiang D., Ginzton N., Chew T., Geigenmüller-Gnirke U. Molecular biology of astroviruses: selected highlights(ingl.) // Novartis Found. Symp. : journal. — 2001. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. — DOI:10.1002/0470846534.ch13. — PMID 11444028.
  3. Madeley C. R. Virus diarrhoea in hospital(aniqlanmagan) // J. Hosp. Infect.. — 1988. — Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. — DOI:10.1016/0195-6701(88)90001-1. — PMID 2904454.
  4. Guix S., Bosch A., Pintó R. M. Human astrovirus diagnosis and typing: current and future prospects(ingl.) // Lett. Appl. Microbiol. : journal. — 2005. — Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. — DOI:10.1111/j.1472-765X.2005.01759.x. — PMID 16033504.
  5. Royuela E., Negredo A., Sánchez-Fauquier A. Development of a one step real-time RT-PCR method for sensitive detection of human astrovirus(ingl.) // Journal of Virological Methods : journal. — 2006. — April (Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр). — Andoza:Бсокр. — DOI:10.1016/j.jviromet.2005.10.012. — PMID 16321452.