Baza detal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Asos detaldan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Baza detal, asos detal —1) mashina va mexanizmlarning uzel va detallarini biriktirishga hamda ularning bir-biriga tik (perpendikulyar) uchta koordinata tekisligida harakatlanishiga imkon beradigan detal. Baza detal mashina yoki mexanizmni yigʻishda asos hisoblanadi. Mac, stanok staninasi, avtomobil ramasi (shassisi), reduktor tanasi (korpusi) va boshqa; 2) asosan zavod, sexlarni loyihalashda ishlab chiqarishning shartli dasturini aniqlash uchun zarur boʻladigan, buyumlar guruhining konstruktiv, texnologik va boshqa tafsilotlarini ifodalaydigan asosiy tipaviy detal.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil