Asos boʻyoqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Asos bo‘yoqlardan yoʻnaltirildi)

Asos boʻyoqlar – asoslarning xossalarini namoyon qiluvchi organik boʻyoqlar. Tarkibida aminoguruhlar boʻladi. Asos boʻyoqlar turli rangli yorqin boʻyoqlar. Ular asosan qogʻoz, teri, yogʻoch 702va b.ni boʻyashda qoʻllaniladi. Asos boʻyoqlar va fosfor-volframmolibden kislota tuzlari poligrafiyada keng ishlatiladi. Poliakrilonitril tolalarni boʻyash uchun qoʻllaniladigan Asos boʻyoqlar juda yorqin va mustahkam boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Asos boʻyoqlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil