Asia Major (jurnal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asia Major - bu Xitoy tarixini yoritishga qaratadigan yillik ilmiy jurnal. 1923-yildan 1933-yilgacha Germaniyada, 1949-yildan 1975-yilgacha Buyuk Britaniyada, 1988-yildan 1997-yilgacha AQShda, 1998-yildan Tayvanda joylashgan.

Jurnal dastlab 1920-yillarning boshlarida Leyptsigdagi yahudiy-nemis sinologi Bruno Schindler(1882–1964) tomonidan tashkil etilgan. Ammo Bruno 1933-yilda Germaniyadan qochishga majbur bo'lgan. 1949-yilda Buyuk Britaniyada jurnalni qayta tikladi[1]. Jurnal 1964 - 1975-yillarda Valter Saymon tomonidan tahrirlangan. So'nggi(uchinchi) seriya 1975-yilda Princeton universitetida Denis Twitchett tomonidan qayta tiklandi. 1998-yilda Tu Cheng-sheng ko'magida Tayvanning Sinica Akademiyasiga ko'chib o'tdi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sinological Profiles: Bruno Schindler“. University of Massachusetts (2004-yil 9-iyun). 2016-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „History of Asia Major. Academia Sinica. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]