Ashiʼat ul-lamaʼot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Ashiʼat ul-lamaʼot” (“Porloq shuʼlalar”) – Abdurahmon Jomiyning falsafiy-irfoniy sharhnomasi. Faxriddin Iroqiyning “Lamaʼot” asariga bitilgan ushbu sharh Alisher Navoiyning iltimosi bilan yozilib, 1481-yilda tugallangan.

Asar tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar batafsil muqaddima, 28 lamʼa (bob) va xotimadan iborat. Jomiy ushbu risolasida dastlab “Laʼmaot”ning ilmiy-tanqidiy matnini, soʻng har bir bob oxirida oʻzining talqinini beradi. Navoiy “Xamsat ul-mutahayyirin”da ushbu risola yuzasidan Jomiy huzurida taʼlim olganini qayd etgan. “Nasoyim ul-muhabbat”da esa bu haqda shunday yozadi:

“Maxdumi Nuran bu xoksor iltimosi bila ul kitob sharhida “Ashiʼat”ni bitdilarki, mutolaa qilib maonidin fayz olgʻaylar va aning anfositin bu bilimda bilgʻaylar”[1][2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Nasoyim ul-muhabbat”. 
  2. “Xamsat ul-mutahayyirin”. 
  3. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”.