Asadulla Ikromovich Maʼrupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asadulla Ikromovich Maʼrupov (1910.30.10 — Toshkent — 1965.29.10) — patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1950), tibbiyot fanlari doktori (1949), professor (1950). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach, patologik anatomiya kafedrasida aspirant (1936—40), assistent (1940—43), dotsent (1943—50), professor (1950-51). SamTI patologik anatomiya kafedrasi mudiri (1951—58), Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi professor (1958—65), ayni vaqtda ilmiy ishlar boʻyicha prorektor. Oʻzbekistonda Joylangar ense-faliti, poliomiyelit, trixodesmotoksikoz patologik anatomiyasini, gemorragik isitmada nerv sistemasidagi oʻzgarishlarni, Oʻzbekiston sharoitida aterosklerozning oʻtish xususiyatlarini oʻrgangan. Oʻzbekistonda patolog-anatomlar jamiyatining tashkilotchilaridan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil