Arxeylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Arxeylar — bu tirik organizmlarning bir domeni (Karl Vyoze sistematikasi boyicha). Arxeylar yadro va boshqa membranali organoidlarga ega bo'lmagan bir xujayrali mikroorganizmlardir.

Halobacteria.jpg
Halobacteria - arxeyalarning bir turi

Avval arxeyalar bakteriyalar bilan, prokariotlar deb nomlanadigan guruhni tashkil etishgan. Oxirgi yillarda arxeyalar o'z evolutsion yoliga ega deb isbotlandi va aloxida organizmlar domeni deb tan olindi.

Xozirda arxeyalar 5ta tipga bo'linadi. Ulardan faqat ikkitasi: Crenarchaeota va Euryarchaeota tiplari yaxshi o'rganilgan.

Arxeyalar va bakteriyalar xujayralarining shakli va kattaligi juda oxshash, ammo bir xilgi arxeylarning shakli juda ham ajoyib, masalan Haloquadrum Walsbyi xujayralari totburchaksimon va yassi. Lekin arxeylar o'zining genlar tuzilishi va metabolizm yolleri bilan eukariotlarga oxshaydi. Arxeyalarning ko'pi xemoavtotrof organizmlar.

Arxeyalar membranasi[tahrir]

Xar hil organizmlarnig membranalar tuzilishi. Tepada - arxeylarning fosfolipidlari: 1 — izopren zanjirlari; 2 — oddiy efir bog'lar; 3 — L-glitserin qoldig'i; 4 — fosfat guruh. Ortada — bakterialar yoki eukariotlarning fosfolipidlari: 5 — yog' kislota zanjirlari; 6 — murakkab efir bog'lar; 7 — D-glitserin qoldig'i; 8 — fosfat guruh. Pastda: 9 — eukariotlar va bakterialarning lipid biqavati; 10 — arxeyalarning lipid monoqavati

Arxeyalarning membranalarini hosil qiluvchi molekulalar, eukariot va bakteriyalarnikidan juda katta farqlanadi. Har bir tirik organizmning membranasi foafolipidlardan tashkil topgan. Va membranada bu fosfolipidlar ikki qavatda joylashib, lipid biqavatni hosil qilishadi.

Arxeyalarning fosfolipidlari boshqa organizmlar fosfolipidlari bilan 4ta odatdagidan boshqacha xususiyatlarga ega:

1. Bakteriya va eukariotlar membranalari glitseringa murrakkab efir bog'lari bilan qoshilgan lipidlardan tashkil topgan. Arxeyalarning membranasida glitseringa sodda efir bog'lari bilan qoshilgan lipidlar uchraydi. Bunday membrana tuzilishi arxeylarga ekstremal issiklik, va juda kislotali yoki juda ishqoriy muhitda yashashga yordam beradi.

2. Arxeyalarning membranasi L-glitserindan tuzilgan, boshqa organizmlarda esa D-glitserindan.

3. Arxeyalarning fosfolipidlaridagi gidrofob "dumlar" bosqa organizmlardan farqli ravishda yog' kislotalardan emas, izopren zanjirlardan iborat.

4. Arxeyalarda lipid biqavat lipid monoqavatga almashgan.

Arxeyalar ekologiyasi[tahrir]

Ilk bora arxeyalar ekstremal muhitlarda topilgan

Arxeyalarni birinchi bo'lib ekstremal muhit sharoitlarida kashf etishgan. Ko'p arxeyalar juda baland issiklikda yashashi mumkin, masalan termofillar 100°C issiklik geyzerlarda yashaydi, barofillar esa 700 atmosfergacha bo'lgan bosimda yasha oladi.

Ekstremofil arxeyalar asosan 4 guruhga bo'linadilar, bular: galofillar, termofillar, atsidofillar va alkalifillardir.

Manbalar[tahrir]

Thomas Cavalier-Smith. Cell evolutin and Earth history: stasis and revolution - 2006.

Havolalar[tahrir]