Artemis Dafni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Artemis Dafni (shuningdek, Artemis Daphnis, grekcha: Αρτεμις Δάφνη; 1983-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — yunon-amerikalik sobiq suzuvchi, oʻrta masofaga erkin va individual aralash musobaqalarda ishtirok etishga ixtisoslashgan. U 16 yoshida Gretsiya nomidan 2000-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida vakillik qilgan, shuningdek, Arizona universitetining Arizona Wildcats suzish va shoʻngʻin jamoasi tarkibida bir qancha musobaqalarda ishtirok etgan.

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Artemis Dafni oʻzining sportdagi debyutini 2000-yilda Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtgan FINA qisqa kursi boʻyicha jahon chempionatida amalga oshirdi, u yerda Dafni 400 m masofaga yakkalik suzishda oltinchi (4:42,49) va 400 metrga erkin usulda suzish bahslarida (4:11,04) yettinchi oʻrinni egalladi.

Olti oy oʻtgach, 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Dafni 4:17,36 (400 m erkin usulda) soniya natijasiga erishdi va shu yilning oʻzida Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan Janet Evans Invitational musobaqasida 4:50,50 (400 m individual aralash) soniya natijasi bilan FINA B standartlariga erishdi[1][2]. U yana shu musobaqada ishtirok etib 400 m masofaga individual suzishda yigirmanchi (4:53.52)[3][4] va 400 m masofaga erkin usulda suzishda yigirma ikkinchi (4:16.94, hayoti davomidagi eng yaxshi natijasi) oʻrinlarni qoʻlga kiritdi[5][6].

Arizona Wildcat jamoasi tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaliforniyaning Cupertino shahridagi Homestead oʻrta maktabi bitiruvchisi Dafni 2001-yildan 2003-yilgacha suzish va shoʻngʻin boʻyicha Arizona Wildcats jamoasi tarkibida musobaqalarda ishtirok etdi. Arizona universitetida oʻqish uchun sport stipendiyasini yutib oldi[7]. Wildcats (yovvoyi mushuklar) jamoasi uchun suzish paytida u 2002-yilgi NCAA ayollar oʻrtasidagi suzish va shoʻngʻin chempionatida ikkala unvonni qoʻlga kiritish maqsadida 1000 yard erkin uslubda (9:57,58) va 400 yardli individual aralash uslubda (4:17,57) suzib yuqori pogʻonalarni zabt etdi[8][9].

Mutaxassislik[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yil oxirida Dafni Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahridagi San -Fransisko Davlat Universitetiga koʻchib oʻtdi, u yerda u radio, televidenie va marketingning biznes aspektlari boʻyicha mutaxassislik boʻyicha bakalavr darajasini oldi Bu esa uning sport karerasining tugashini koʻrsatdi. Hozirda u Analogix Semiconductor, Inc kompaniyasida marketing boʻyicha menejer sifatida ishlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Swimming – Women's 400m Freestyle Startlist (Heat 2)“ (PDF). Sydney 2000. Omega Timing. Qaraldi: 14-iyun 2013-yil.
  2. „Swimming – Women's 400m Individual Medley Startlist (Heat 2)“ (PDF). Sydney 2000. Omega Timing. Qaraldi: 14-iyun 2013-yil.
  3. „Sydney 2000: Swimming – Women's 400m Individual Medley Heat 2“. Sydney 2000. LA84 Foundation. 19-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2013-yil.
  4. Newberry, Paul. „Thompson anchors U.S. relay win; Thorpe wins 400 free“. Canoe.ca (16-sentabr 2000-yil). 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2013-yil.
  5. „Sydney 2000: Swimming – Women's 400m Freestyle Heat 2“. Sydney 2000. LA84 Foundation. 19-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2013-yil.
  6. „Dolan breaks own world mark in 400 IM“. Canoe.ca (17-sentabr 2000-yil). 2013-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2013-yil.
  7. Zeckets, Nick. „'Fresh' start for swimming and diving“. Arizona Daily Wildcat (18-sentabr 2001-yil). Qaraldi: 17-iyun 2013-yil.
  8. Middleton, Jay. „Swim, dive teams struggling“. Arizona Daily Wildcat (28-yanvar 2002-yil). Qaraldi: 17-iyun 2013-yil.
  9. „NCAA Div. I Women: Coughlin, Becks Lead Cal to Upset Over #3 Arizona“. Swimming World Magazine (27-yanvar 2002-yil). 3-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2013-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]