Arsen Mirzoyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arsen Mirzoyan
Arsen Mirzoyan performing in 2022
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 20-may 1978
Fuqaroligi Ukraina
Turmush oʻrtogʻi Antonina Matviyenko
Janr alternativ rok, pop rok, jazz
Veb-sayt https://arsen-music.com.ua/

Arsen Romanovich Mirzoyan (ukraincha: Арсен Романович Мірзоян; 1978-yil 20-mayda tugʻilgan), ukrainalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis[1]. Qoʻshiqchi 2020-yil „Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist“ unvonini olgan[2] va 2022-yil „3-darajali xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[3].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arsen Mirzoyan 1978-yil 20-may kuni Ukrainaning Zaporijjya shahrida istiqomat qiluvchi arman oilada tugʻilgan va 1995-yilda maktabni tamomlagan[1]. Maktabda oʻqib yurgan yillari konsertlarda ham qatnashgan, sheʼrlar yozgan, keyinchalik ularning baʼzilari qoʻshiqlarida qoʻllanilgan. Biroq, rasmiy musiqiy maʼlumotga ega boʻlmagan va Zaporojye Milliy universiteti muhandislik institutining rangli metallurgiya muhandisi malakasini olgan[1]. Keyin Zaporojyeda, avvaliga samolyot dvigatellarini ishlab chiqaruvchi Motor Sichda, soʻngra Zaporijstal poʻlat ishlab chiqaruvchisining dastgoh ustaxonasida oʻn ikki yil davomida uchastka ustasi boʻlib ishlagan[1].

Diskografiyasi – albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2011-yil – „Gudziki“
  • 2013-yil – „Nazruchni lijka“
  • 2015-yil – „Nich“
  • 2016-yil – „Paperoviy snig“
  • 2017-yil – „Slova i Noti“
  • 2019-yil – „Ingredient“
  • 2021-yil – „Monarxiya“

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzoyanning birinchi rafiqasi Annadan Vlad va Artem ismli ikki oʻgʻli bor. Biroq, 2011-yilda Golos Krainida Antonina Matviyenko bilan doʻstlashgan va munosabatlar shu qadar rivojlandiki, 2013-yil oxirida Anna bilan ajrashish uchun ariza bergan. Mirzoyan va Matviyenkoning qizi Nina (2016-yil 15-yanvarda tugʻilgan) boʻlgan va ular 2017-yil 15-iyunda turmush qurishgan[1]. Oʻgʻillari bilan iliq munosabatda[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Tatyana Andrianova. „Arsen Mirzoyan“. 24smi.org. Qaraldi: 2023-yil 13-avgust.
  2. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №254/2020 — Офіційне інтернет-представництво Президента України Andoza:Pipe Pro vіdznachennya derjavnimi nagorodami Ukraїni z nagodi Dnya Konstitutsії Ukraїni“ [Decree of the President of Ukraine of June 27, 2020 No. 254/2020]. president.gov.ua. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  3. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №593/2022 — Офіційне інтернет-представництво Президента України Andoza:Pipe Pro vіdznachennya derjavnimi nagorodami Ukraїni z nagodi Dnya Nezalejnostі Ukraїni“ [Decree of the President of Ukraine of August 23, 2022 No. 593/2022]. president.gov.ua. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  4. Scott. „Wow, what handsome men! What Arsen Mirzoyan's grown-up sons look like from his first marriage“. Global Happenings (2022-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vikiomborda Arsen Mirzoyan mavzusiga oid fayllar bor