Armaniston qoʻy zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Armaniston qoʻy zoti — Yarim dagʻal junli zot, Armanistondagi „Aragat“ naslchilik xoʻjaligida murakkab chatishtirish (balbas zoti sovligʻi x linkoln zoti qoʻchqori) x balbas zoti sovligʻi] yoʻli bilan yaratilgan. 1984-yilda zot sifatida tasdiqlangan. Qoʻylarning koʻz atrofi va oyoqlarida qora rangli dogʻlar boʻlishi bilan ajralib turadi. Zot mustahkam konstitutsiyali, gavdasi yirik, goʻshtdorlik sifati yuqori, qoʻchqorlarining tirik vazni 80-90 kg, sovliqlariniki 50-55 kg, 4-4,5 oylik qoʻzilariniki 28-32 kg. Asosan oq, yarimdagʻal kokil tuzilishidagi yaltiroq jun qoplamiga ega. Qoʻchqorlaridan oʻrtacha 2,5-3,5 kg, sov-liqlaridan 1,5 −1,9 kg jun olinadi, jun kokili uzunligi 16-20 sm, sovlikdarida 14-18 sm, tivit qismining uzunligi 10-12 sm, toza jun chiqimi 68 — 72 %. Qoʻylar sharoitga tez va yaxshi moslashib, laktatsiya davrida 100-120 litr sut beradi, sutining yogʻlilik darajasi 5,9 %[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]