Aon Center (Chikago)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aon Center
Aon Center
Umumiy maʼlumot
Qurilishi boshlangan 1970-yil
Qurilishi tugagan 1973-yil
Narxi 120 million dollar
Egasi Mark Karasick
Victor Gerstein[1]
Dizayn va konstruksiya
Asosiy pudratchilar Turner Construction
Aon Center (Chikago)

Aon Center (Amoco Building)[2] – Qoʻshma Shtatlarning Chikago shahri sharqida joylashgan osmonoʻpar bino. Ushbu bino 1973-yilda[3] Edvard Durell Stoun, The Perkins va Will meʼmorlik firmalari hamkorligida Standard Oil Building binosi sifatida[4] qurib bitkazilgan. Ushbu bino 83 qavatli boʻlib, balandligi 346 metrni tashkil etadi. Aon Center Chikagodagi toʻrtinchi eng baland bino boʻlib, balandligi boʻyicha Willis Tower, Trump International Hotel and Tower va Sent-Regis Chicagodan baland hisoblanadi.

Aon Center shuningdek, Aon kompaniyasining bosh qarorgohi va Kraft Heinzning bosh qarorgohlaridan biri (ikkinchisi Pitsburgda) va Amoko BP tomonidan sotib olinishidan oldin sobiq jahon shtab-kvartirasi bo’lgan[5][6][7][8].

Bino qisqa vaqt ichida Chikagodagi eng baland bino sifatida eʼtirof etilgan. Aon Building binosida qurilish tugallangandan soʻng dunyodagi toʻrtinchi eng baland binoga aylandi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bukingem favvorasidan binoning qurilish paytidagi koʻrinishi

Standard Oil binosi Indiana shtatidagi Standard Oil kompaniyasining bosh qarorgohi sifatida qurilgan. Standardning avvalgi bosh qarorgohi 910 S. Michigan avenyusida joylashgan. Ushbu bino 1911-yilda Karpen Brothers Furniture kompaniyasi tomonidan qurilgan va 1927-yilda Standard tomonidan sotib olingan. Yangi Standard Oil Building 1973-yilda qurib bitkazilgan. Binoda qurilish ishlari tugagandan soʻng u Chikagodagi eng baland bino va dunyodagi toʻrtinchi eng baland bino boʻldi. Binoga „Big Stan“ taxallusi berildi[9]. 1974-yilda Chikagodagi eng baland bino Sears minorasi (hozirgi Willis Tower) hisoblangan. Sears minorasi 1973-yil may oyida qurib bitkazilgan[10][11]. Dastlab marmar bilan qoplangan Aon markazi, keyinchalik dunyodagi eng baland marmar bilan qoplangan bino boʻldi[11].

Bino qurilishida zilzilalarga qarshilik koʻrsatish, chayqalishni kamaytirish, ustunlar egilishini minimallashtirish uchun V shaklidagi perimetr ustunlari boʻlgan quvurli poʻlatdan yasalgan konstruktiv tizim qoʻllanilgan. Ushbu qurilish usuli Nyu-York shahridagi Jahon Savdo Markazining egizak minoralari uchun ham ishlatilgan.

Aon Center 1990-yil qayta taʼmirlash paytida, binoning burchaklarida vaqtinchalik ishlaydigan liftlar oʻrnatildi.

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yilda kompaniya nomini Standard Oil Building Amoco Building nomiga oʻzgartirdi. 1998-yilda Amoco binoni The Blackstone Group kompaniyasiga nomaʼlum summaga sotadi, taxminlarga koʻra 430 dan 440 million dollargacha boʻlgan[12][13]. Bino 1999-yil 30-dekabrda Aon Center deb qayta nomlandi[14]. 2003-yil may oyida Wells Real Estate Investment Trust Inc. binoni 465—475 million dollarga sotib oldi[15]. 2007-yil 10-avgustda Wells Real Estate Investment Trust Inc. oʻz nomini Piedmont Office Realty Trust, Inc ga oʻzgartirdi[16].

Koʻchmas mulk investorlari Mark Karasick va Viktor Gerstein binoni 2015-yilda Piedmontdan 713 million dollarga sotib olishgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „J.P. Morgan, Brookfield Provide $678M Financing Package for Chicago's Aon Center“ (8-iyun 2018-yil).
  2. Roeder, David. „New owner expected for Aon Center“. Chicago Sun-Times (21-fevral 2003-yil). Qaraldi: 18-sentyabr 2008-yil.
  3. The Sky's the Limit: A Century of Chicago Skyscrapers Saliga: . New York: Rizzoli, 1990 — 219 bet. ISBN 978-0847811793. 
  4. „Aon Center, Chicago“. Emporis. 7-dekabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-aprel 2008-yil.
  5. Tadena, Nathalie. „Aon Shifts Headquarters to London“. The Wall Street Journal (14-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  6. "Contacts".
  7. Du, Lisa. „Kraft Heinz eliminated another 1,000 jobs in 2016“. Chicago Tribune. Bloomberg News (23-fevral 2017-yil).
  8. „Kraft Heinz preps HQ move into Chicago“. Chicago Business Journal (15-iyul 2015-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  9. „Aon Center“. Glass Steel and Stone. 26-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-sentyabr 2007-yil.
  10. Nelson. „Sears 'Topping Out' Puts Chicago On Top“ (en). Newspapers.com (7-may 1973-yil). Qaraldi: 9-oktyabr 2022-yil.
  11. 11,0 11,1 „1973 – Aon Center, Chicago, Illinois“. Archiseek - Irish Architecture (20-sentyabr 2009-yil). Qaraldi: 9-oktyabr 2022-yil.
  12. „Aon Center, Chicago“. Emporis. 7-dekabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-aprel 2008-yil.
  13. „Aon Center“. Glass Steel and Stone. 26-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-sentyabr 2007-yil.
  14. McManus. „AON Center Chicago: Skyscraper Architecture“. e-Architect (12-iyul 2018-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2020-yil.
  15. „Trophy Building Sale Sets New Record“. Miller Cicero, LLC (7-oktyabr 2003-yil). 18-may 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-sentyabr 2007-yil.
  16. „Wells REIT Changes Name to Piedmont Office Realty Trust“. Piedmont Office Realty Trust, Inc.. 10-iyun 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-avgust 2007-yil.