Antonia Bernath

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Antonia Bernath
Tavalludi 1981
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa, Xonanda
Faoliyat yillari 2005-hozirgacha

Antonia Bernath — britaniyalik aktrisa va qo'shiqchi. U Jonathan Rhys Myers bilan birga Emmy mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan CBS shousi Elvis miniserialida Priscilla Presley rolini oʻynagan. Aktrisa ABC shousiThe Astronaut Wives Clubda Chloe roli hamda St Trinians filmidagi Susan Borman rollarini oʻynagan.

Bernath 2005-yilda Bollywoodning Kisna: The Warrior Poet filmida Katherine Beckett rolini oʻynagan va Trinity teleserialida bosh rollni oʻynagan. U, shuningdek, Downton Abbeyning oltinchi va oxirgi mavsumida Laura Edmunds rolini ijro etgan. Antonia Salisburydagi Godolphin School internatida tahsil olgan.

Antonia Star Wars: Battlefront, Control hamdaThe Witcher 3: Wild Hunt videooʻyinlarida ijro etgan ovozli rollari bilan mashhur.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktrisa Bristol Old Vicda tahsil olishidan oldin Cambridge universitetida ingliz adabiyotini oʻrgangan. Oʻsha paytda u Milliy Yoshlar musiqa teatrining bir qismi boʻlgan va Pendragon spektaklida Guinevere rolini ham oʻynagan.

Bernath, shuningdek, xalqaro kampaniya uchun Johnson & Johnsonning yuzini Clean and Clear yuvish vositasining yuzi boʻlgan. U Britaniya televideniyesida Monarch of the Glenning Hogmanay maxsus epizodida Becky Body rolida debyut qiladi.

U Downton Abbey kartinasing soʻnggi mavsumida jurnal muharriri Laura Edmunds rolini gavdalantiradi[1][2].

Bernath The Witcher 3: Wild Hunt - Blood and Wine videooʻyinidagi Syannaning ovozini, Star Wars: Battlefront videooʻyinida asosiy Imperator qoʻmondoni ovozini ijro etgan. Aktrisa Kim Raver va Piter Facinelli bilan Fox tibbiyotga aloqador drama piloti — Zoobiquityda doktor Susan Gibbs rolini ijro etgan[3].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Rol Izohlar
2005 Kisna: The Warrior Poet Katherine
2007 St Trinianʼs Chloe
2009 Cuckoo Jimi
2009 The Boat That Rocked Katie, Weather Girl ankredited
2013 Stalled Heather
2013 Powder Room Kim
2016 Zoobiquity Dr. Susan Gibbs TV Film

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Role Izohlar
2005 Elvis Priscilla Presley Miniserial
2006 Heartbeat Lucy Bellman 15-fasl 15-epizod:"Hostage to Fortune"
2004-07 Holby City Nikki Brown Takroriy rol
2009 Trinity Charlotte Arc Bosh rol
2012 Lykke Kate Dornay
2014 Babylon News Reporter Takroriy rol
2015 The Astronaut Wives Club Susan Borman Takroriy rol
2015 Downton Abbey Laura Edmunds 6-mavsum, Takroriy rol
2016 Dickensian Sally Compeyson Takroriy rol

Teatrda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Pyessa Rol Izohlar
2012 yil Chariots of Fire Florence Mackenzie

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Antonia Bernath“. BFI. Qaraldi: 12-aprel 2018-yil.
  2. Rosenberg, Alyssa. „Opinion | Who cares if 'Downton Abbey' got repetitive? The finale was swoon-worthy.“. The Washington Post (6-mart 2016-yil). Qaraldi: 25-aprel 2018-yil.
  3. Andreeva, Nellie. „'Zoobiquity': Marsha Thomason Set as Female Lead, Antonia Bernath Co-Stars“. Deadline Hollywood (25-fevral 2016-yil). Qaraldi: 25-aprel 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]