Kontent qismiga oʻtish

Antitila

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Antitila
Антитіла

Kiyevdagi „Sontse“ ning mega finali.
25-may, 2017-yil
Umumiy maʼlumot
Janr Pop rok
Faoliyat yillari 2007-hozirga qadar
Veb-sayt antytila.com

Antitila (ukraincha: Антитіла) — Ukraina musiqa guruhi. Guruh tarkibi Taras Topoliya (vokal), Sergiy Vusik (klaviatura, badiiy rahbar), Dmitro Jolud (gitara), Dmitri Vodovozodov (baraban), Mixaylo Chirko (bas) dan tuzilgan[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil bahorida guruh „Shans“ telekoʻrsatuvida „Ya ne zabudu pershu nich“ (Я не забуду першу ніч) nomli qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan[3]. Guruh shouda gʻolib chiqa olmagan, biroq dastur efirga uzatilganidan soʻng bir hafta ichida „Ya ne zabudu pershu nich“ qoʻshigʻi guruhning rasmiy saytidan 30 000 dan ortiq marta yuklab olingan.  Qoʻshiq bir nechta radiostansiyalar tomonidan ham qayta efirga uzatilgan.

2018-yilda Ukrainaning boʻlajak prezidenti Vladimir Zelenskiy guruhning LEGO nomli videoklipida ishtirok etgan[1].

Rossiya-Ukraina urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan sal oldin guruh hududiy mudofaa kuchlariga qoʻshilgan va 2014-yilda Qrim Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin koʻngillilar sifatida xizmat qilgan[1][2]. 2022-yil mart oyida guruh Rossiya bosqinidan jabr koʻrganlar uchun mablagʻ yigʻuvchi „Ukraina uchun kontsert“ nomli xayriya konsertida masofadan turib chiqish qilish uchun murojaat eʼlon qilgan. Ularning murojaatida qoʻshiqchi Ed Sheeranga TikTok orqali xabar berilgani ham koʻrsatilgan[4]. Guruh harbiylar bilan aloqadorligi sababli kontsertga joy berishdan bosh tortishgan[5]. Bunga javoban Sheeran guruh bilan oʻzining „2step“ qoʻshigʻining remiksini yaratishda hamkorlik qilgan[2][6]. Musiqiy video tomoshasidan tushgan daromad Ukrainada gumanitar yordam koʻrsatish uchun yaratilgan mablagʻ yigʻish loyihasi Music Saves UAga xayriya qilingan[7].

2023-yil 9-fevralda Antitila Youtubeʼda 14 milliondan ortiq koʻrishlar sonini qayd qilgan „Fortetsia Baxmut“ („Baxmut qal’asi“) qoʻshigʻiga videoklipni chiqargan.

2023-yil 25-mayda guruh ikki tilda (ukrain va ingliz) „My Falcon“ trekini taqdim etgan va qoʻshiq nemis-fin kompyuter oʻyinining "Death from Above" saundtrekiga aylangan[8].

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Buduvudu (2008)
  • Vibiray (2011)
  • Nad pollusami (2013)
  • Vse krasivo (2015)
  • Sontse (2016)
  • Hello (2019)
  • MLNL (2022)
  • Fortetsya Baxmut (2023)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]