Kontent qismiga oʻtish

Antioxiya qamali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1097—1098-yillarda Antioxiya qamali Birinchi salib yurishining asosiy voqealaridan biri boʻlib, buning natijasida Antioxiya salibchilar qoʻliga oʻtgan. Avval salibchilar shaharda amir Yagisyan qoʻmondonligidagi turklarni, soʻngra amir Kerbogʻa qoʻmondonligidagi turk qoʻshini shaharni egallab olgan salibchilarni qamalga olganlar va yakunda salibchilar Kerbogʻa bilan jang qilib, gʻalaba qozonganlar.