Anthony Louis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anthony Louis
Tugʻilgan joyi 10-fevral 1995-yil (1995-02-10) (29 yosh)
Winfield, Illinois, AQSH
Boʻyi 5 ft 7 in (170 cm)
Ogʻirligi 150 lb (68 kg; 10 st 10 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
KHL
Sobiq jamoalar
Barys Nur-Sultan
Rockford IceHogs
Charlotte Checkers
Texas Stars
NHLga kirish drafti 181-oʻindagi tanlov, 2013
Chicago Blackhawks
Jamoalardagi faoliyat 2017—hozirgacha

Anthony Louis (talaffuzi: Entoni Lui) (1995-yil 10-fevralda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi. Anthony Louis hozirda Kontinental xokkey ligasida (KHL) „Barys Nur-Sultan“ xokkey klubi bilan oʻynamoqda. Anthony Louis 2013-yilgi NHL kirish loyihasida 181-oʻrindagi tanlov asosida „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi tarkibiga qabul qilindi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anthony Louis 2013-—2017-yillarda („Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolangunga qadar) Miami universiteti xokkey jamoasida oʻynadi[1]. „Miami RedHawks“ universitet xokkey klubidagi faoliyati davomida Anthony Louis 2016—2017-yilgi mavsumda 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 39 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Anthony Louis universitetdagi faoliyati davomida toʻrt mavsum davomida 145 ta oʻyinda 46 ta gol va 80 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2017-yilning 13-martida Anthony Louis oʻzining professional faoliyatini boshladi va „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Anthony Louis mavsumning qolgan qismi uchun klubning AHL filiali „Rockford IceHogs“ xokkey klubi safiga yuborildi[2].

Anthony Louis 2019-yil 25-iyun kuni „Chicago Blackhawks“ xokkey klubini erkin agent sifatida tark etdi[3]. 2019-yil 8-avgustda Anthony Louis amaldagi chempion „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi filiali „Charlotte Chekers“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasini imzoladi[4]. Anthony Louis 2019—2020-yilgi mavsumda klub safida 8 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol qayd etdi. Shundan soʻng, Anthony Louis 2019-yil 20-noyabrda „Dallas Stars“ klubiga tegishli „Texas Stars“ xokkey klubiga almashtirildi[5].

„Texas Stars“ xokkey klubi bilan uch mavsumdan soʻng, Anthony Louis 2021—2022-yilgi mavsumidan keyin erkin agent sifatida klubni tark etdi. 2022-yilning 15-iyulida u xorijdagi birinchi shartnomasini Qozogʻistonning KHL vakili „Barys Nur-Sultan“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi[6].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2013—2014 Miami RedHawks NCHC 36 12 13 25 10
2014—2015 Miami RedHawks NCHC 37 9 27 36 8
2015—2016 Miami RedHawks NCHC 36 11 15 26 27
2016—2017 Miami RedHawks NCHC 36 14 25 39 20
2016—2017 Rockford IceHogs AHL 13 1 2 3 4
2017—2018 Rockford IceHogs AHL 70 14 30 44 8 9 0 5 5 0
2018—2019 Rockford IceHogs AHL 74 12 22 34 28
2019—2020 Charlotte Checkers AHL 8 1 0 1 2
2019—2020 Texas Stars AHL 38 9 11 20 10
2020—2021 Texas Stars AHL 35 11 15 26 8
2021—2022 Texas Stars AHL 66 24 31 55 22 2 0 0 0 0
AHL jami 304 72 111 183 82 11 0 5 5 0

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2012-yil Qoʻshma Shtatlar U17 2nd 5 3 4 7 2
2012-yil Qoʻshma Shtatlar U18 1st 6 0 1 1 2
2013-yil Qoʻshma Shtatlar U18 2nd 7 1 3 4 2
2015-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 5 5 0 0 0 2
Jami 23 4 8 12 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Blackhawks agree to terms with Louis“. Chicago Blackhawks (2017-yil 13-mart). Qaraldi: 2017-yil 13-mart.
  2. „LOUIS, SNUGGERUD SIGN ATO'S“. icehogs.com (2017-yil 15-mart). 2018-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-may.
  3. „Blackhawks part ways with 4 minor-leaguers“. Chicago Sun Times (2019-yil 25-iyun). Qaraldi: 2019-yil 25-iyun.
  4. „Checkers sign Anthony Louis“. Charlotte Checkers (2019-yil 8-avgust). 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-avgust.
  5. „Texas acquires center Anthony Louis from Charlotte“. Texas Stars (2019-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
  6. „Anthony Louis moves to Barys“ (Russian). Barys Nur-Sultan (2022-yil 15-iyul). Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.