Kontent qismiga oʻtish

Anglosakslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anglosakslar — 5-6-asrlarda Brtaniyani bosib olgan german qabilalari — angllar, sakslar, yutlar va frizlarning umumiy nomi. 7 — 10-asrlarda oʻzida kelt xususiyatlarini singdirgan saks elati shakllandi. Anglosakslar brittlar va skandinaviyaliklarga qarshi birlashish va kurashish jarayonida xalq sifatida shakllandi. Normandlar istilosidan (1066) soʻng Anglosakslar Angliyaga kelib joylashgan danlar, norveglar, Fransiyadan kelganlar (normandiyaliklar) bilan aralashib, ingliz xalqining tarkib topishiga asos boʻlganlar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil