Angkor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Angkor – Kambodja (Siyom Reap shahri yaqini)dagi hashamatli saroy, ibodat-xona, suv ombori va kanallardan iborat majmua. 9–13-asrlarda qurilgan (hozir tarixiy muzey – qo‘riqxona). Kambod-ja poytaxtidagi qadimgi shahar harobasini o‘z ichiga olgan –Yashodharapuri (9-asr oxiri) va Angkor Txom (12-asr oxiri – 1432; murabba tarhli, maydoni 9 km². Markazida Bayon ibodatxonasi), asosi toshdan, yuqorisi yog‘ochdan ishlangan sa-roylar, "g‘or ibodatxonalar" pog‘onali piramida ko‘rinishida, shuningdek yi-rik Angkor Vat (taxminan 1113 – 50; maydoni 1300x1500 m) haykaltaroshlik bezaklariga boy. Bezaklardagi burtma tasvirlarda "Mahabharata" mazmunlari katta urin egallaydi, geometrik jihatdan mustahkam reja asosida qurilganligi bilan ajralib turadi. "Fop – ibodatxona" atrofi ravokuti ustunlar qatori va dar-vozaxonasi ko‘shkli, burchaklari minora – burjli. Majmua tashqaridan kanal bilan o‘ralgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil