Angioprotektorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angiopatiyalarni davolash uchun vitaminli moddalardan rutin, askorbinat kislota qoʻllaniladi, moddalar kapillyar devorini mustahkamlaydi, oʻtkazuvchanligini kamaytiradi, taʼsir ikkita modda (rutin, askorbinat kislota) birga qoʻllanganda sezilarli boʻladi. Angiopatiyalarni davolashda yalligʻlanishga qarshi nosteroid moddalar hamda alohida angioprotektorlar qoʻllanadi.

Prodektin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angioprotektorlardan prodektin — anginin, parmidin bradikininga qarshi taʼsir qiladi, qonda xolesterinning hajmini, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi, fibrinoliz jarayonlarini oshiradi, yalligʻlanishga qarshi taʼsiri ham bor. Bu modda miya tomirlar aterosklerozini, diabetik angiopatiyalarni, venalar trombozini, oyoq tomirlari endoarteritini, trofik yaralami davolash uchun qoʻllaniladi, ogʻiz orqali yuboriladi, kam zaharli, salbiy taʼsirlardan koʻngil aynishi, bosh ogʻrishi, allergik jarayonlar kuzatiladi.[1]

Ditsinon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ditsinon (etamzilat) tomirlar mikrotsirkulyatsiyasini, oʻtkazuvchanligini normallashtiradi hamda gemostatik taʼsir qiladi, asosan tromboplastin hosil boʻlishini oshiradi, qon quyulishining boshqa omillariga taʼsir koʻrsatmaydi. Modda kapillyarlardan qon ketishida (diabetik retinopatiya), quloq, burun, tomoq klinikalarida, oftalmologiya, urologiyada, ichakdan, oʻpkadan qon ketganda qoʻllaniladi. Ditsinon ogʻiz orqali, venaga, mushaklar orasiga yuboriladi.[1]

Doksium[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doksiumning taʼsiri ditsinonga oʻxshab ketadi. Mikrotsirkulyatsiyani, tomirlar oʻtkazuvchanligini normallashtiruvchi, kapillyarlami mustahkamlovchi taʼsiri jihatidan ditsinondan ustunroq. Modda asosan yurak-qon tomir yetishmovchiligidan kelib chiqadigan angiopatiyalarda, venalarning varikoz kengayishida, diabetik angiopatiyalarda qoʻllaniladi.[1]

Eskuzan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eskuzan oʻsimliklaridan olingan, tarkibida rutinga oʻxshash flavonoidlar mavjud, qon tomirlar oʻtkazuvchanligini kamaytiradi, venalarning tonusini oshiradi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi.[2]

Trental[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trental qon tomirlami kengaytiradi, toʻqimalarning kislorod bilan taʼminlanishini yaxshilaydi, modda fosfodiesteraza fermentini ingibitsiya qilib, toʻqimalarda siklik AMF hajmini oshiradi, trombotsitlar agretsiyasini kamaytiradi, qonni suyultiradi. Trental endoarterit, Reyno kasalligida, miya aterosklerozida qoʻllaniladi, ogʻiz orqali hamda venaga yuboriladi. Miokard infarkti, yurak poroklarida qoʻllash man etiladi. Venaga yuborilganda bosh aylanishi, boʻshashish, yuz va boʻyin tomirlari qizarishi mumkin. Trental dartelin nomi bilan LEK firmasi tomonidan chiqariladi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Azizova. Angioprotektorlar. Toshkent: yangi asr avlodi, 2006-yil — 259 bet. ISBN 978-9943-08-025-6. 
  2. 2,0 2,1 Oripov. birinchi yordam, 2, Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008-yil — 326 bet. ISBN 978-9943-08-238-0.