Angie abdou
Angie abdou | |
---|---|
Tavalludi |
1969-yil 11-may Moose Jaw, Saskatchewan, Kanada |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili |
Fuqaroligi | Kanada |
Taʼlimi |
University of Regina, BA (1991) |
Janr | Adabiy fantastika, sport fantastika, satira, ijodiy nonfantastika, memuar |
Qarindoshlari | Justin Abdou (akasi) |
Angie Abdou (1969-yil 11-mayda tugʻilgan[1]) – Badiiy va fantastik janrda ijod qilgan Kanadalik yozuvchi.
Hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdou 1969-yilning 11-mayda Saskatchewanning Moose Jaw shahrida dunyoga kelgan[2] Bolalik davrlari aynan shu shaharda oʻtgan[3]. Justin Abdou uning yagona akasi edi. U 1991-yilda Regina universiteti (Saskatchewan)dan sanʼat bakalavri(Faxriy) diplomini olgan, 1992-yilda Gʻarbiy Ontariyo universitetida ingliz tili boʻyicha magistr diplomini, 2009- yilda Kalgary universiteti tomonidan Kanada adabiyoti va ijodiy yozuvchilik sohasida doktorlik unvonini olgan[4]. U hozirgi kunda Kanadadagi British Columbia shtatida joylashgan Fernie shahrida farzandlari Oliver va Katherina bilan yashaydi hamda Athabasca universitetida (Kanadaning yagona ochiq universiteti) ijodiy yozish boʻyicha professor hisoblanadi..
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdouning dastlabki romani „The Bone Cage“ 2007-yilda Newest Press tomonidan nashr etilgan. Romanda muallif oʻz karerasining oxiriga yaqinlashgan ikki Olimpiya sportchisi hayotini kuzatib boradi va tana va shaxsiyat oʻrtasidagi bogʻlanishni oʻrganadi. Kitobda yuqori darajadagi sport batafsil tasvirlanadi. "Angie Abdouning debut romani, yaʼni „The Bone Cage“da inson oʻz qalbini topadi … Olimpiadaga erishish uchun hamma narsani toʻxtatgan sportchilarga nima boʻlishi haqida oʻyga toldiradi …Kanadalik adabiyotshunos shunday yozadi: Bone Cage ning mavzulari faqat sport olamiga xos emas."The Bone Cage" sportdan tashqariga chiqib, odamlar va ularning tana oʻrtasidagi noaniq munosabatni oʻrganadi. Biz faqat oʻzimizning „suyak qafasim“izning asirimi yoki tanamizning chegaralarini yengib oʻta olishimiz mumkinmi? Biz tanamizdan qochmoqchimizmi yoki u bizning oʻzimizdan ajralmasmi? Nihoyat, Abdou bu savollarga aniq javoblar bermasdan, tana va shaxsiyat oʻrtasidagi oʻziga xos munosabat har bir inson uchun alohida boʻlishiga qaramay, ularni uygʻunlashtirishdagi kurashimiz barchamizga xos ekanini koʻrsatadi[5]. 2011-yilgi Canada Reads bahslaridan soʻng, „The Bone Cage“ 2011-2012 oʻquv yili uchun „MakEwan yil kitobi“ sifatida tanlandi[6]. Ushbu mukofotni avval Margaret Atwood, Yann Martel, Annabel Lyon, Tomas Vorton va Devid Adams Richards kabi mashhur mualliflarning kitoblari olgan.
The Bone Cage nomli asari shuningdek, Kootenay kutubxonasining jamgʻarmasi tomonidan birinchi yubiley yaʼni „One Book, One Kootenay“ning nishonlanishi uchun badiiy kitob sifatida tanlandi (2009-yil 8-sentabrda ishga tushirilgan[7]).
Abduning ikkinchi romani „The Canterbury Trail“ deya nomlanib, Kalgari universitetidagi dissertatsiya loyihasi sifatida paydo boʻldi. Kitob 2011-yil fevral oyida Brindle va Glass Press (Viktoriya, BC) tomonidan nashr etilgan. 2011-yilda a Banff Mountain Book Festivalida „Yil kitobi“ mukofoti uchun nominatsiyada nomzod boʻldi. The Canterbury Trail shuningdek, 2012-yil IPPY (Mustaqil nashriyot mukofoti, Kanada Gʻarb uchun oltin medal) ga ham sazovor boʻldi.
Abdouning uchinchi romani – „Between“ deb nomlangan boʻlib, Arsenal Pulp Press nashriyoti tomonidan 2014-yil avgust oyida nashr etilgan. Asarda u ikki ayolning hayotini tasvirlaydi: Ligaya (Filippinlardan boʻlgan ota) va Vero (Shimoliy Amerikadagi haddan ziyod ishlovchi ona). The Library Journal jurnali 2015-yilning bahorida bu asarni Top Indie tanloviga munosib koʻradi[8]. Ushbu kitob „Vancouver Sun“, „PRISM“ va „49-shelf“ jurnallari tomonidan ham 2014-yilning eng yaxshi kitobi deb tan olingan.
Abdouning beshinchi fantastik janrdagi kitobi (In Case I Go, Arsenal Pulp Press) 2017-yilning kuzida nashr etilgan boʻlib, „The Only Child“ va „The Demononlogist“ kitoblarining muallifi hisoblangan Endryu Pyper mazkur kitob haqida shunday fikr bildirgan: "Oʻtmish oʻz belgilarini va oʻquvchilarini bir xil tutishga harakat qiladi, ularni qoʻyib yuborishni rad etadi. Angie Abdou esa kattalar uchun fantastik asar yozgan yozuvchidir[9]. Chatelaine jurnali uni 2017-yilning eng hayajonli shoh asar yozgan yozuvchilardan biri deb atagan[10].
Home Ice asari: Angiening birinchi nofiktsion asari hisoblanadi. Kitob nashr etilgan dastlabki haftadayoq Kanadadagi bestsellerlar lar roʻyxatiga kirgan[11].
Kitoblar taqriziga koʻra, quyidagilar yozilgan: "Muallif oʻz hikoyasini birinchi oʻqigan shaxsdagi va hozirgi vaqtdagi taasurotlarini aytib, hikoyachi oʻzini unga jalb qiladi; avtobiografik maʼlumot oʻrniga oʻzining keskin tavsiflari va muloqoti bilan kitob birinchi darajali xotiralar va hikoyaviy nofantastika misolini anglatadi. Shuningdek, u uyushgan sport oʻyinlarida ishtirok etadigan yoshlar hisoblangan ota-onalar uchun oʻqishi kerak boʻlgan kitob hisoblanadi[12]. The Nordic Sports Forumida Shvetsiyalik olim Tobias Stark „Home Ice“ni „xokkey haqida har doim dastlabki yodga olinadigan kitoblaridan biri“ deb atagan[13].
Abdou Kootenays va Fernie yozuvchilar konferensiyasi kabi dasturlarda kurslar tashil qilgan[14]. U Sport adabiyoti uyushmasining faol aʼzosi hisoblanadi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2023-yilda Sport adabiyoti uyushmasi sport adabiyoti sohasida qilgan xizmatlari uchun Angie Abdou Lifetime Achievement Award bilan taqdirlandi. U bu mukofotni olgan birinchi ayol va birinchi kanadalik va eng yosh olimdir[15][16].
- 2010-yilda Kanada adabiyoti „The Bone Cage“ ni oʻzining Top Ten Sport-in-Can-Lit diqqatga sazovor joylarida roʻyxatga kiritdi[17]. CBC kitob klubi uni 2010-yil iyul oyida sport kitobining birinchi raqamiga aylantirgan[18].
- „The Bone Cage“ 2011-yilda CBCning Canada Reads finalist boʻldi.
- Canterbury Trail 2011-yilda Banff Mountain kitob mukofoti finalistligiga kiritilgan va mustaqil nashriyot uchun IPPY mukofotiga sazovor boʻlgan.
- Between 2015-yil bahorida The Library Journal tomonidanop Indie pick for Spring tanlovi sifatida tanlab olindi[19].
- Between shuningdek, Vancouver Sun, PRISM Magazine va 49-shelf tomonidan 2014-yilning eng yaxshi kitobi deya hisoblagan.
- „In Case I Go“ 2018-yilgi „Fantastika va sheʼriy janr“ kategoriyasidagi „Banff Mountain Book Award“ nomzodida finalist boʻldi.
Bibliografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Anything Boys Can Do (short stories), 2006, Thistledown nashriyoti
- The Bone Cage (novel), 2007, NeWest nashriyoti
- The Canterbury Trail (novel), 2011, Brindle and Glass nashriyoti
- Between (novel), 2014, Arsenal Pulp Press
- In Case I Go (novel), 2017, Arsenal Pulp nashriyoti
- Writing the Body in Motion (Academic Essays on Sport Lit), 2018, Athabasca University nashriyoti
- Home Ice: Reflections of a Reluctant Hockey Mom (memoir), 2018, ECW Press
- This One Wild Life: A Mother-Daughter Wilderness Memoir (memoir), 2021, ECW nashriyoti
- Indigiqueerness: Joshua Whitehead in Conversation with Angie Abdou, 2023, Athabasca University nashriyoti
- Not Hockey: Critical Essays On Canadaʼs Other Sport Literature (Academic Essays on Sport Lit), 2023, Athabasca University nashriyoti
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Jessop. „Angie (Angie) Abdou“. The Canadian Encyclopedia (2013-yil 15-dekabr). 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-may.
- ↑ Jessop. „Angela (Angie) Abdou“. The Canadian Encyclopedia (2013-yil 15-dekabr). 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-may.
- ↑ „Angie Abdou – Official Website of the Author – About the Author“. abdou.ca. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Angie Abdou – Department of English“. english.ucalgary.ca. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-oktyabr.
- ↑ Canadian Literature. „Claire Duncan in Canadian Literature Review, Summer 2008“. Canlit.ca. 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Official MacEwan Book of the Year site“. Macewan.ca. 2011-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Kootenay Library Federation“. Klf.bclibrary.ca. 2012-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-sentyabr.
- ↑ Library Journal. „Barbara Hoffert Top Indie Fiction“. Library Journal (2015-yil mart). 2015-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-aprel.
- ↑ „Banff Mountain Book Award“ (2017-yil sentyabr). 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
- ↑ „7 Stellar Mystery Novels“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-iyun.
- ↑ „BookNet Bestseller List“ (2018-yil sentyabr). 2019-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-fevral.
- ↑ Booklist Review, September 2018.
- ↑ „Idottsforum“ (2019-yil may). 2020-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
- ↑ „Instructors | The Fernie Writers Conference – 2012“. Ferniewriters.com. 2013-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-sentyabr.
- ↑ https://twitter.com/SportLitAssoc/status/1671983712500629506
- ↑ https://twitter.com/SportLitAssoc/status/167198275632091140
- ↑ Ricou. „Top Ten Sports-in-Can-Lit Moments“. Canadian Literature (2010-yil 22-iyul). 2010-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Gooooooal! Here's the score on our list of Top 10 Sports Books“. CBC News. CBC.ca. 2012-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-sentyabr.
- ↑ Library Journal. „Barbara Hoffert Top Indie Fiction“. Library Journal (2015-yil mart). 2015-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-aprel.