Andrew Heiskell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andrew Heiskell (1915-yil 13-sentabr — 2003-yil 6-iyul) 1960—1980-yillarda Time Inc kompaniyasining raisi va bosh direktori, shuningdek, New York jamoat kutubxonasi kabi tashkilotlarga xayrixohligi bilan ham tanilgan[1].1961—1962-yillar mobaynida Inter American Press Association tashkiloti prezidenti lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Heiskell Neapolda tugʻilgan, u asli amerikalik boʻlgan Ann Moore Hubbard va Morgan Ott Heiskellning ikkinchi farzandi hisoblanadi[1][2]. Uilingda (Gʻarbiy Virjiniya) turmush qurgan va keyinchalik Kapriga koʻchib oʻtgan. Bolalik yillarini esa xorijda oʻtkazdi.

1946-yilda, endigina 30 yoshida, u Life jurnalining nashriyotichisi boʻldi, soʻngra,1972-yilda, bosh direktor sifatida baʼzi sabablarga koʻra uni yopishga majbur boʻldi. 1974-yilga kelib, People jurnalini yaratdi va bu tez orada unga katta muvaffaqiyatlar olib keldi.

Xalqaro taʼlim institutining Andrew Heiskell mukofoti uning nomi bilan ataladi. Heiskell Rimdagi Amerika akademiyasida sanʼat direktorigi lavozimini tashkil etish uchun katta miqdordagi homiylik mablagʻlarini ajratdi[3].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U uch marotaba uylangan. Uning birinchi xotini Cornelia Scott ismli ayol boʻlib, ularning Diane va Peter ismli ikki farzandi bor edi[1]. Uning ikkinchi xotini esa Hollywood aktrisasi ingliz Madeleine Carroll boʻlib, undan Anne Madeleine ismli bir qizi bor edi[1]. 1965-yilga kelib, u uchinchi xotini, New York Times gazetasi nashriyotchisi Orvil Dryfoosning turmush oʻrtogʻi Marian Sulzberger Dryfoos bilan turmush qurdi[1].

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Andrew Heiskell Ralph Graves bilan (1997), Autsayder, Insider: Muvaffaqiyatsiz Hikoya, Marian-Darien Press,ISBN 0-9668271-0-4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Kaufman. „Andrew Heiskell, 87, a Former Chairman of Time Inc. and a Civic Leader, Dies“. The New York Times (7-iyul 2003-yil).
  2. „Interview“. Notable New Yorkers. Columbia University. Qaraldi: 5-iyun 2016-yil.
  3. „Creative Writing Program Director Karl Kirchwey to Serve as Andrew Heiskell Arts Director at the American Academy in Rome“. Bryn Mawr (27-aprel 2010-yil). 9-iyun 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2010-yil. „In 2003 Kirchwey received Bryn Mawr’s Rosalyn R. Schwartz Teaching Award.“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]