Andrew Cassels

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrew Cassels
Cassels 2011-yilda
Tugʻilgan joyi 23-iyul 1969-yil (1969-07-23) (54 yosh)
Bramalea, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 185 lb (84 kg; 13 st 3 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari Montreal Canadiens
Hartford Whalers
Calgary Flames
Vancouver Canucks
Columbus Blue Jackets
Washington Capitals
Milliy jamoa  Kanada
NHLga kirish drafti 17-oʻrindagi tanlov, 1987
Montreal Canadiens
Jamoalardagi faoliyat 1989—2006

Andrew William Cassels (talaffuzi: Endryu Uilyam Kassels) (1969-yil 23-iyulda tugʻilgan) — kanadalik professional sobiq xokkeychi. Andrew Cassels „Montreal Canadiens“, „Hartford Whalers“, „Calgary Flames“, „Vancouver Canucks“, „Columbus Blue Jackets“ va „Washington Capitals“ kabi Milliy xokkey ligasi jamoalari safida oʻn olti mavsum oʻynagan. Andrew Cassels Ontario shtatining Bramalea shahrida tugʻilib oʻsgan.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida Andrew Cassels 1982-yilda Quebec xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Ontario shtatining Brampton shahridagi „Chinguacousy“ kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].

Andrew Cassels „Montreal Canadiens“ xokkey klubi safiga 1987-yilda NHL kirish loyihasida 17-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi. Keyinchalik, Andrew Cassels „Ottawa 67’s“ xokkey jamoasi safida OHLda uchta yulduzli mavsum oʻynadi. Andrew Casselsning eng yaxshi mavsumi 1987—1988-yillarga toʻgʻri keladi. Oʻshanda Andrew Cassels liganing eng yaxshi xokkeychisi sovrinini qoʻlga kiritgan edi. 1989-yil 19-noyabrda „Montreal“ xokkey jamoasi bilan NHLdagi debyut oʻyinida Andrew Cassels faoliyatidagi birinchi golini „Calgary Flames“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi.

Keyinchalik, Andrew Cassels „Hartford Whalers“ xokkey jamoasi safiga qoʻshildi. Andrew Cassels 1992-yildan 1997-yilgacha ketma-ket 5 mavsum davomida „Whalers“ xokkey klubi reytingida gol urish va golli uzatmalar boʻyicha oldingi oʻrinlarni egallagan edi.

Andrew Cassels 1996—1997-yillardagi mavumda „Calgary Flames“ xokkey jamoasi safida harkat qilgan. Andrew Cassels „Flames“ xokkey jamoasi safida ikki mavsum oʻynagan.

1999-yilda Andrew Cassels erkin agentga aylandi va „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. „Vancouver“ xokkey jamoasi safida Andrew Cassels 1999—2000-yillardagi mavsumda 45 ta golli uzatma va 62 ochkoni oʻz hisobiga qoʻshib qoʻydi. 2001—2002-yillardagi mavsumda Andrew Cassels oʻz faoliyatidagi eng yaxshi xokkey oʻyini mavsumini oʻtkazdi. Andrew Cassels bu mavsumda 53 oʻyinda maydonga tushib, 50 ochko toʻpladi. Shuningdek, Andrew Cassels „Canucks“ xokkey jamoasiga pley-offga chiqishga yordam berdi.

2002-yilda shartnoma muddati tugashi bilan Andrew Cassels „Vancouver“ xokkey jamaosini tark etib, „Columbus Blue Jackets“ xokkey jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.

2004—2005-yillardagi mavsumda NHL lokavtidan soʻng Andrew Cassels 2005-yil 12-avgustda „Washington Capitals“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Biroq,Andrew Casselsga yoshi va jarohatlari mavsumni yaxshi yakunlay omasligini taʼminlandi. Shuning uchun, Andrew Cassels 2006-yil 28-yanvarda '[Washington Capitals" xokey jamoasini tark etdi[2].

NHLdagi 16 mavsumida Andrew Cassels jami 1015 ta oʻyinda maydonga tushib, 204 gol, 528 golli uzatma, 732 ochko va 410 penaltini qayd etgan edi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1984—1985 Bramalea Blues MetJHL 4 2 0 2 0
1985—1986 Bramalea Blues MetJHL 33 18 25 43 26
1986—1987 Ottawa 67’s OHL 66 26 66 92 28 11 5 9 14 7
1987—1988 Ottawa 67’s OHL 61 48 103 151 39 16 8 24 32 13
1988—1989 Ottawa 67’s OHL 56 37 97 134 66 12 5 10 15 10
1989—1990 Montreal Canadiens NHL 6 2 0 2 2
1989—1990 Sherbrooke Canadiens AHL 55 22 45 67 25 12 2 11 13 6
1990—1991 Montreal Canadiens NHL 54 6 19 25 20 8 0 2 2 2
1991—1992 Hartford Whalers NHL 67 11 30 41 18 7 2 4 6 6
1992—1993 Hartford Whalers NHL 84 21 64 85 62
1993—1994 Hartford Whalers NHL 79 16 42 58 37
1994—1995 Hartford Whalers NHL 46 7 30 37 18
1995—1996 Hartford Whalers NHL 81 20 43 63 39
1996—1997 Hartford Whalers NHL 81 22 44 66 46
1997—1998 Calgary Flames NHL 81 17 27 44 32
1998—1999 Calgary Flames NHL 70 12 25 37 18
1999—2000 Vancouver Canucks NHL 79 17 45 62 16
2000—2001 Vancouver Canucks NHL 66 12 44 56 10
2001—2002 Vancouver Canucks NHL 53 11 39 50 22 6 2 1 3 0
2002—2003 Columbus Blue Jackets NHL 79 20 48 68 30
2003—2004 Columbus Blue Jackets NHL 58 6 20 26 26
2005—2006 Washington Capitals NHL 31 4 8 12 14
NHL jami 1,015 204 528 732 410 21 4 7 11 8

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1989-yil Kanada WJC 7 2 5 7 2
1996-yil Kanada WC 6 1 0 1 0

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
  2. El-Bashir, Tarik. „Cassel's short time with Capitals runs out“. washingtonpost.com (2006-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2007-yil 10-noyabr.