Andreas Widhölzl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andreas Widhölzl
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Avstriya
Tavallud sanasi 14-oktyabr 1976-yil (1976-10-14) (47 yosh)
St. Johann in Tirol Avstriya
Sport
Qaysi sport (changʻida sakrash)

Andreas „Andi“ Vidxolzl — (1976-yil 14-oktyabrda tugʻilgan) avstriyalik sobiq chang'ida sakrash yoʻnalishidagi sportchi. Faoliyati davomida Andreas Bir nechta Jahon chempionatlari va Olimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Widhölzl 1993-yilda changʻida sakrash boʻyicha Jahon kubogidagi faoliyatini boshlagan. 1997-yil va 2000-yillar oraligʻida u Jahon kubogi musobaqalarida oʻn oltita gʻalaba bilan birga ikkita Olimpiya bronza va ikkita jahon chempionati kumush medalini qoʻlga kiritgan. Bu vaqt ichida uning 1999—2000-yilgi Toʻrt tepalik turniridagi gʻalabasi asosiy natijalaridan biri hisoblanadi. Ushbu mavsumda changʻidan sakrash boʻyicha Jahon kubogida ikkinchi boʻlgan. Keyingi besh yil ichida faqat bitta Jahon kubogi musobaqasida gʻalaba qozongan, ammo 2005-yilda Avstriya terma jamoasi bilan ikki marta jahon chempionligini qoʻlga kiritgan va bir yildan soʻng qishki Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritgan. Bu natijalarning barchasi Avstriya terma jamoasi tarkibida erishilgan. 2008-yil mart oyida sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolardan soʻng changʻida sakrash boʻyicha oʻn besh yillik Jahon kubogidagi faoliyatini yakunlagan.

Widhölzl yoshligidan changʻida sakrashga qiziqqan, uning qiziqishi bu sport turini televizorda koʻrish tufayli paydo boʻlgan[1]. Taxminan oʻsha paytda kichik sportchi Tirol changʻi federatsiyasiga qoʻshilgan va changʻida yurishni oʻrgangan. Yetti yoshga toʻlganda, maktabdagi doʻsti uni Fieberbrunner Weitenjägerga qoʻshilishga koʻndiradi. Bir necha yil oʻtgach, Widhölzl oʻzining yosh guruhidagi tuman va viloyat chempionatlarida birinchi muvaffaqiyatini qoʻlga kiritgan[2].

Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Umumiy 4H SF NT JP
1992—1993-yil 55 Yoʻq Yoʻq
1994—1995-yil 26 18 Yoʻq Yoʻq
1995—1996-yil 20 37 16 Yoʻq 21
1996—1997-yil 15 14 13 3rd 16
1997—1998-yil 3rd 7 3rd 1st 7
1998—1999-yil 7 14 21 40 6
1999—2000-yil 2nd 1st 5 6 2nd
2000—2001-yil 12 16 28 52 Yoʻq
2001—2002-yil 4 5 Yoʻq 21 Yoʻq
2002—2003-yil 3rd 12 Yoʻq 41 Yoʻq
2003—2004-yil 29 17 Yoʻq Yoʻq
2004—2005-yil 8 16 Yoʻq 19 Yoʻq
2005—2006-yil 10 18 Yoʻq 8 Yoʻq
2006—2007-yil 33 22 Yoʻq 34 Yoʻq

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Andreas Widhölzl; Heinz Schnürle (2009), Mein Höhenflug, Holzgerlingen: SCM Hänssler, ISBN 978-3-7751-5050-7
  2. „Laufbahn - Andreas Widhölzl“. 2006-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2013-yil.