Kontent qismiga oʻtish

Andoza:Bugungi Hadis:/2006-08-2

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Hanifa (r.a.) aytdilar: «Biz Alqama ibn Marsad bilan birga ibn Rabohning yonida edik. Alqama undan so'radi: «Ey Abu Muhammad, bizning diyorda insonlar o'zlariga iymonni da'vo qilishmaydi va biz xaqiqiy mo'minmiz», deyishni o'zlariga ma'qul ko'rmay, «Inshaalloh, biz mo'minmiz», deyishadi U: «Ularga nima bo'lgan? Nega «Biz mo'minmiz» demaydilar», dedi. Alqama: «Ular agar biz o'zimizga haqiqiy iymonni istasak, jannatni o'zimizniki qilgan bo'lamiz, deyishadi», dedi. U: «Subhanalloh, bu shaytonning tuzog'i va hiylasidir. Alloh taoloning eng ulug' ehsoni - imonni rad etishga va Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlariga xilof qilishga shayton ularni undamoqda. Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari o'zlarini haqiqiy mo'minligini aytishganlarini va buni Rasulullohdan (s.a.v.) naql qilishganlarini bilaman. Ularga ayting: «Biz haqiqatan mo'minlarmiz», desinlar. Faqat: «Biz shubhasiz jannatiylardanmiz», demasinlar. Chunki Alloh taolo ko'k ahliga va er ahliga azob berishni xohlasa, azob beradi. Bu bilan Alloh ularga zulm qilmaydi». Alqama: «Ey Abu Muhammad, hatto ko'z ochib yumganchalik vaqt mobaynida ham isyon etmagan farishtalarni, Alloh azoblasa ularga zulm qilgan bo'lmaydimi?» dedi. Abu Muhammad: «Ha», dedi. Alqama: «Bu bizlarga juda katta ish, biz buni qanday tushunamiz?» dedi. Bunga javoban Abu Muhammad: «Ey birodarimning o'g'li, qadar ahli ham xuddi mana shu o'rinda adashdilar. Sen ularning aytganlaridan o'zingni tiy. Zero ular Alloh taoloni rad etuvchi, Alloh taoloning dushmanlaridir. Haq subhanahu taolo payg'ambariga: «Eng mukammal dalillar Allohga oiddir. Shoyad Alloh xohlasa, sizlarning barchangizni hidoyatga solgan bo'lardi», deya marhamat qilmadimi?»dedi. Alqama: «Yo Abu Muhammad! Qalblarimizdan bu shubhani ketkizadigan etib sharhlang!» dedi. Abu Muhammad: «Alloh taolo farishtalarni toatga undab, toatni ilhom etib, ularni toatga rag'barlantirib toatga buyurmadimi?» deya so'radi. «Ha», dedi Alqama. Shunda Abu Muhammad aytdiki: «Bu Alloh taolo ularga bergan ne'matlardir. Agar Alloh taolo bu ne'matlarning shukrini ulardan talab qilsa, bunga ularning kuchlari etmas edi. (Shukrda) nuqsonga yo'l qo'yishardi. Alloh taolo ne'matlarining shukrini to'la qilmaganligi uchun ularga azob bersa, zulm qilgan bo'lmaydi».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»

Documentation icon Andoza hujjati[koʻrib chiqish] [tahrirlash] [tarix] [yangilash]

Andoza parametrlari

[manbasini tahrirlash]

Ushbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin. Bu andoza parametrlarga ega emas.

Andoza parametrlari[„TemplateData“ni boshqarish]

ParametrTavsifTuriStatus
No parameters specified