Kontent qismiga oʻtish

Andoza:Bugungi Hadis:/2006-08-13

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Hanifa (r.a.) Atiyadan, u Abu Saiddan, u esa Hazrati Payg'ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. «Shoyadki Rabbing seni maqtalgan maqomga etkazgay» oyatidagi «Maqomi mahmud» shafoatdir. Alloh taolo imon keltirgan insonlardan bir jamoani gunohlari sababidan azoblaydi. Keyin esa Payg'ambarimizning (s.a.v.) shafoati bilan azobdan chiqadilar. So'ng ular abadiy hayot deyilguvchi bir daryoga keltiriladilar. Unda cho'miladilar so'ng jannatga kiradilar. Jannatda «jahannamliklar» deya ataladilar. So'ng Allohga yolvoradilar. Alloh taolo ulardan u ismni olib tashlaydi». Bir rivoyatda bunday deyiladi: «Alloh taolo imon va qibla ahlidan bir qavmni Payg'ambarimizning (s.a.v.) shafoati bilan do'zaxdan chiqaradi. Bu shafoat «maqomi mahmud»dir. So'ngra u qavm «hayovon - abadiy hayot» nomi berilgan bir daryoga olib kelinadilar va unga tashlanadilar. Keyin u erda qush qo'nmas o'simligi kabi o'sadilar. Keyin u erdan chiqadilar, jannatga kiradilar. Ular jannatda «jahannamiylar», deya nomlanadilar. So'ngra ular Allohdan bu nomni o'zlaridan ketkazilishini so'raydilar. Alloh ulardan bu nomni ketkizadi. Ular: «Allohning ozod etganlari», deya nomlanadilar». Abu Hanifa (r.a.) bu hadisni Abu Shaddot ibn Abdurahmondan, u Abu Saiddan rivoyat qildi.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»

Documentation icon Andoza hujjati[koʻrib chiqish] [tahrirlash] [tarix] [yangilash]

Andoza parametrlari

[manbasini tahrirlash]

Ushbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin. Bu andoza parametrlarga ega emas.

Andoza parametrlari[„TemplateData“ni boshqarish]

ParametrTavsifTuriStatus
No parameters specified