Andoza:Bugungi Hadis:/2006-06-28
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u esa Ibni Mas'uddan (r.a.) rivoyat etadi.
Ibn Mas'ud aytdilar: «Jabroil (a.s) Payg'ambarimizga oq libosli yosh yigit suratida keldi va: «Assalomu alayka yo Rasululloh!» dedi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) salomga alik oldilar. So'ng u: «Yaqinlashsam, yo Rasululloh», dedi. Hazrati Payg'ambarimiz (s.a.v.): «Yaqinlash (yaqinroq kel)», dedilar. U: «Yo Rasululloh! Imon nima?» dedi. Payg'ambarimiz (s.a.v.): «Imon - Allohga, farishtalariga, kitoblariga, rasullariga, yaxshilik va yomonlikning Allohning taqdiri ila bo'lishiga ishonishdir», dedilar. U: «To'g'ri aytdingiz», dedi. Biz uning bilgandek «to'g'ri aytdingiz» deganidan ajablandik. So'ng u: «Yo Rasululloh! Islom ahkomlari nima?» dedi. Payg'ambarimiz (s.a.v.): «Namoz o'qish, zakot berish, ro'za tutish, junub bo'lsa, g'usl qilish», dedilar. U: «To'g'ri», dedi. Biz uning bilgandek «To'g'ri aytdingiz» deganidan ajablandik. So'ng u: «Ehson nima?» dedi. Payg'ambarimiz: «Alloh uchun Allohni ko'rib turganingdek amal qilmog'ingdir. Agar sen Uni ko'rmasangda, U seni ko'radi», dedilar. U: «To'g'ri aytdingiz», dedi.U: «Qiyomat qachon bo'ladi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat haqida savol so'ralgan so'raguvchidan yaxshiroq bilmaydi», dedilar. So'ng u iziga qaytdi. Rasululloh (s.a.v.): «Uni xuzurimga qaytaring!» dedilar. Biz uni izladik, biroq undan asar ham ko'rmadik. Buni Rasululloh (s.a.v.)ga aytdik. Payg'ambar (s.a.v.) bizga: «U, Jabroil (a.s.) edi. Sizga diningizni o'rgatish uchun keldi», dedilar.
Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
Andoza parametrlari
[manbasini tahrirlash]Ushbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin. Bu andoza parametrlarga ega emas.
Parametr | Tavsif | Turi | Status | |||
---|---|---|---|---|---|---|
No parameters specified |
Yuqoridagi hujjat Andoza:Bugungi Hadis:/2006-06-28/doc sahifasidan olingan. Tajriba oʻtkazish uchun qumloq va test sahifasidan foydalaning. Iltimos, turkumlarni hujjat sahifasiga va intervikilarni vikimaʼlumotlarga joylashtiring. Ushbu andoza ostsahifalari. |