Andoza:Bugungi Hadis/2006-08

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31

1[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) va Mas'ud Yaziddan rivoyat qiladi. Yazid: «Men xorijiylar kabi ishonardim so'ng Rasulullohning (s.a.v.) bir sahobasidan so'radim. U menga Payg'ambarimizning (s.a.v.) aytganfikrlari mening aytgan fikrimga zid ekanini aytdi. Men unga: «Alloh taolo meni sen tufayli qutqardi», dedim.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

2[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) aytdilar: «Biz Alqama ibn Marsad bilan birga ibn Rabohning yonida edik. Alqama undan so'radi: «Ey Abu Muhammad, bizning diyorda insonlar o'zlariga iymonni da'vo qilishmaydi va biz xaqiqiy mo'minmiz», deyishni o'zlariga ma'qul ko'rmay, «Inshaalloh, biz mo'minmiz», deyishadi

U: «Ularga nima bo'lgan? Nega «Biz mo'minmiz» demaydilar», dedi. Alqama: «Ular agar biz o'zimizga haqiqiy iymonni istasak, jannatni o'zimizniki qilgan bo'lamiz, deyishadi», dedi. U: «Subhanalloh, bu shaytonning tuzog'i va hiylasidir. Alloh taoloning eng ulug' ehsoni - imonni rad etishga va Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlariga xilof qilishga shayton ularni undamoqda. Rasulullohning (s.a.v.) sahobalari o'zlarini haqiqiy mo'minligini aytishganlarini va buni Rasulullohdan (s.a.v.) naql qilishganlarini bilaman. Ularga ayting: «Biz haqiqatan mo'minlarmiz», desinlar. Faqat: «Biz shubhasiz jannatiylardanmiz», demasinlar. Chunki Alloh taolo ko'k ahliga va er ahliga azob berishni xohlasa, azob beradi. Bu bilan Alloh ularga zulm qilmaydi». Alqama: «Ey Abu Muhammad, hatto ko'z ochib yumganchalik vaqt mobaynida ham isyon etmagan farishtalarni, Alloh azoblasa ularga zulm qilgan bo'lmaydimi?» dedi. Abu Muhammad: «Ha», dedi. Alqama: «Bu bizlarga juda katta ish, biz buni qanday tushunamiz?» dedi. Bunga javoban Abu Muhammad: «Ey birodarimning o'g'li, qadar ahli ham xuddi mana shu o'rinda adashdilar. Sen ularning aytganlaridan o'zingni tiy. Zero ular Alloh taoloni rad etuvchi, Alloh taoloning dushmanlaridir. Haq subhanahu taolo payg'ambariga: «Eng mukammal dalillar Allohga oiddir. Shoyad Alloh xohlasa, sizlarning barchangizni hidoyatga solgan bo'lardi», deya marhamat qilmadimi?»dedi. Alqama: «Yo Abu Muhammad! Qalblarimizdan bu shubhani ketkizadigan etib sharhlang!» dedi. Abu Muhammad: «Alloh taolo farishtalarni toatga undab, toatni ilhom etib, ularni toatga rag'barlantirib toatga buyurmadimi?» deya so'radi. «Ha», dedi Alqama. Shunda Abu Muhammad aytdiki: «Bu Alloh taolo ularga bergan ne'matlardir. Agar Alloh taolo bu ne'matlarning shukrini ulardan talab qilsa, bunga ularning kuchlari etmas edi. (Shukrda) nuqsonga yo'l qo'yishardi. Alloh taolo ne'matlarining shukrini to'la qilmaganligi uchun ularga azob bersa, zulm qilgan bo'lmaydi».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

3[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan rivoyat qiladi: Suroqa ibn Molik: «O' Rasululloh, bizga dinimizdan gapirib bering. Go'yo biz u uchun tug'ilgandaymiz. Biz taqdirda belgilangan va qalamlar bitgan narsalarni qilamizmi? Yo duch kelgan narsalarni qilamizmi? Amal nimada?» dedi. «Taqdirda belgilangan, qalam bitgan narsada», dedilar Allohning rasuli (s.a.v.). Biz: «U holda amal nechun?» deb so'ragan edik, Rasululloh (s.a.v.): «Amal qiling, zero har bir inson nimaga yaratilgan bo'lsa shunga muvaffaq bo'ladi. Kim molini Alloh uchun bersa, Allohdan qo'rqsa , shahodat kalimasini tasdiqlasa, biz bu bandani jannat ahlining amalini bajarishga muvaffaq qilamiz. Kim xasis bo'lsa, Allohdan qo'rqmasa, kalimai shahodatni yolg'onga chiqarsa, biz unga jannat ahlining amalini qiyinlashtirurmiz».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

4[manbasini tahrirlash]

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u esa Abdulaziz ibn Rofidan, u Mus'abdan, u Sa'ddan rivoyat qiladi. «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: « Alloh taolo har bir jonning kiradigan va chiqadigan joyini va duch keladigan narsalarini belgilab qo'ygan», dedilar. «U holda amal nechun, ey Allohning rasuli?» deyildi. Marhamat etdilar: «Amal qiling, zero har bir inson nimaga yaratilgan bo'lsa, shunga muvaffaq bo'ladi. Kimki jannat ahlidan bo'lsa, u jannat ahlining amallariga muvaffaq bo'ladi. Kim do'zax ahlidan bo'lsa, do'zax ahlining amallariga muvaffaq bo'ladi». «Endi amal qilish lozim», dedi bir ansoriy.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

5[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Abdulazizdan, u Mus'ab ibn Sa'd ibn Vaqqosdan, u otasidan rivoyat qiladi. Abu Vaqqos bunday dedi: «Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo har bir jonni kiradigan va chiqadigan joyini va duch keladigan narsalarini belgilab qo'ygan», dedilar. Ansorlardan bir kishi: «Unda amal nechun, yo Rasululloh?» deya so'radi. Hazrati Payg'ambar (s.a.v.): «Amal qiling! Har bir inson nimaga yaratilgan bo'lsa, shunga muvaffaq bo'ladi. Badbaxtlar badbaxtlarning amaliga, baxtlilar baxtlilarning amaliga muvaffaq bo'ladi», dedilar. Bir ansoriy: «Endi amal qilish lozim», dedi. Boshqa rivoyatda: «Amal qiling! Har kim muvaffaqdir. Jannat ahli jannatiylar amaliga, jahannam ahli do'zaxiylar amaliga muvaffaq qilinadi», dedilar. Bir ansoriy: «Endi amal qilish lozim», dedi.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

6[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Nafiydan, u esa Ibni Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Taqdir yo'q», deydigan insonlar chiqadi. Ular iymondan chiqib zindiq bo'ladilar. Ularga duch kelganingizda salom bermang. Kasal bo'lsa borib ko'rmang. O'lsalar dafniga qatnashmang. Ular Dajjolning jamoasi, bu ummatning majusiylaridir. Alloh taolo ularni muhaqqaq otashda yoqadi».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

7[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibni Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: «Taqdir yo'q deguvchi insonlar chiqadi. Ular imondan ayrilib zindiq bo'ladilar. Ular bilan uchrashganingizda salom bermang. Kasal bo'lishsa, ko'rishga bormang. O'lsalar, janozasida bo'lmang. Ular Dajjol guruhidandir; bu ummatning majusiylaridir. Ularni majusiylarga qo'shish Alloh taoloning haqidir».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

8[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Solimdan, u Ibni Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Alloh taolo qadariylarni la'natlasin. Alloh taolo mendan oldin yuborgan har Nabiy ummatini qadariylardan ogohlantirib qadariylarni la'natlagan».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

9[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibni Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibni Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: «Alloh taolo qadariylarni la'natladi. Har bir Rasul va har bir Nabiy ularni la'natlagan va ummatini ular bilan gaplashishdan qaytargandir».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

10[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Nofe'dan, u ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: Ibn Umar aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Qadariylar bu ummatning majusiylaridir. Ular Dajjolning jamoasidir».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

11[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Yazid ibn Suhaybdan, u Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir: «Hazrati Payg'ambar (s.a.v.): «Alloh taolo Muhammadning (s.a.v.) shafoati ila ahli imonni do'zaxdan chiqaradi», dedilar.

Yazid: «Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Ular u erdan, otashdan chiqmagaylar», dedi. Jobir: «Bundan oldingi «Muhaqqaqki, kofirlar…», deb boshlangan oyatni o'qidi. Bu faqat kofirlar haqidadir», dedi. (Yana bir rivoyatda): «Hazrati Muhammadning (s.a.v.) shafoati tufayli imon ahli do'zaxdan chiqadi», dedilar. Yazid aytdiki: «Haq taolo oyatida: «Shubhasiz, ular u erdan chiqquvchi emaslar», dedim, dedi. Shunda Jobir: «Muhaqqiq kofirlar…» deb boshlanadigan oyatni o'qi, ular kofirlar», dedi. Boshqa bir rivoyatda (Yaziddan rivoyat qilinadi) Yazid aytdi: «Jobirdan shafoat haqida so'radim. «Alloh imon ahlidan bir jamoatga gunohlari sababli azob beradi, so'ngra Muhammad alayhissalomning shafoati ila do'zaxdan chiqaradi», dedi Jobir. Shunda men: «Kalomi majidda nima deyilgan?» deyishim bilan (yuqoridagi. - Tarj) hadisni zikr etdi.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

12[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Robe' bin Xorroshdan, u Xuzayfadan (r.a.) rivoyat qiladi. Xuzayfa (r.a.) aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday marhamat qildilar: «Alloh taolo tavhid ahlidan bir jamoani olovda yoqib ko'mir bo'lgandan so'ng, do'zaxdan chiqaradi va ularni jannatga kiritadi. Jannat ahli ularni «jahannamiylar» deb nomlaganliklari tufayli ular Allohdan yordam so'raydilar. Alloh taolo buni ulardan ketkizadi».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

13[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Atiyadan, u Abu Saiddan, u esa Hazrati Payg'ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi. «Shoyadki Rabbing seni maqtalgan maqomga etkazgay» oyatidagi «Maqomi mahmud» shafoatdir. Alloh taolo imon keltirgan insonlardan bir jamoani gunohlari sababidan azoblaydi. Keyin esa Payg'ambarimizning (s.a.v.) shafoati bilan azobdan chiqadilar. So'ng ular abadiy hayot deyilguvchi bir daryoga keltiriladilar. Unda cho'miladilar so'ng jannatga kiradilar. Jannatda «jahannamliklar» deya ataladilar. So'ng Allohga yolvoradilar. Alloh taolo ulardan u ismni olib tashlaydi».

Bir rivoyatda bunday deyiladi: «Alloh taolo imon va qibla ahlidan bir qavmni Payg'ambarimizning (s.a.v.) shafoati bilan do'zaxdan chiqaradi. Bu shafoat «maqomi mahmud»dir. So'ngra u qavm «hayovon - abadiy hayot» nomi berilgan bir daryoga olib kelinadilar va unga tashlanadilar. Keyin u erda qush qo'nmas o'simligi kabi o'sadilar. Keyin u erdan chiqadilar, jannatga kiradilar. Ular jannatda «jahannamiylar», deya nomlanadilar. So'ngra ular Allohdan bu nomni o'zlaridan ketkazilishini so'raydilar. Alloh ulardan bu nomni ketkizadi. Ular: «Allohning ozod etganlari», deya nomlanadilar». Abu Hanifa (r.a.) bu hadisni Abu Shaddot ibn Abdurahmondan, u Abu Saiddan rivoyat qildi.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

14[manbasini tahrirlash]

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u Atiya al-Avfiydan rivoyat qiladi. Al-Avfiy aytadi: «Abu Said al-Hudriyning bunday deganini eshitdim: «Men Rasulullohning (s.a.v.) mana bu oyatni o'qiyotganlarida eshitdim: «Shoyadki, Robbing seni maqomi mahmudga etkazgay». Oyatni o'qigach bunday marhamat qildilar: «Alloh taolo imon va ahli qibladan do'zaxga kirgan bir guruhni Hazrati Muhammadning (s.a.v.) shafoati bilan chiqaradi. Bu «maqomi mahmud»dir. Ular «hayovon» deb nomlangan daryoga keltiriladilar va unga tashlanadilar. So'ng qushqo'nmas o'simligi kabi o'sadilar. So'ngra chiqib jannatga kiradilar. Jannatda «jahannamiylar» deya nomlanadilar. Ular bu ismni ketkizishi uchun Alloh taologa yolvoradilar. Alloh taolo ulardan bu ismni ketkizadi».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

15[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifadan (r.a.), u Abdulmalikdan, u Ibni Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Abbos (r.a.) aytadi: «Hazrati Payg'ambar (s.a.v.) aytdilar: «Bir qism mo'minlar qiyomat kunida gunohlari tufayli do'zaxga kiradilar. Mushriklar ularga: «Imoningiz sizga hech qanday foyda bermadi(ku), mana biz bilan bir makondasiz, birga azoblanyapmiz», deyishadi. Alloh taolo ulardan g'azablanadi va «La ilaha illalloh» degan hech bir kimsa do'zaxda qolmasin deb amr qiladi: Undan mo'minlar yuzlaridan boshqa joyi qop-qora bo'lgan holda chiqadilar. Chunki mo'minlarning ko'zlari ko'karmaydi, yuzlari qoraymaydi. So'ng ular jannat eshigi oldidagi bir daryoga keltiriladilar. U erda yuvinadilar, butun fitna va aziyat ulardan ketadi, keyin jannatga kiradilar. Farishtalar ularga bunday deydilar: «Go'zal bo'ldingiz. Jannatga mangu kiring ». Biroq jannatda ular: «jahannamliklar» deya ataladilar. So'ngra ular duo qiladilar. Alloh taolo ulardan bu ismni ko'taradi.Ular bu ism bilan boshqa abadiy chaqirilmaydilar. Ular chiqqanlarida kofirlar: «Qaniydi, biz ham musulmon bo'lsaydik», deyishadi. Buning boshi, mana bu oyatdir: «Hali (qiyomat kuni) kofir bo'lgan kimsalar musulmon bo'lishni istab qolurlar». (Hijr, 2-oyat).

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

16[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibni Mas'uddan rivoyat qiladi. Ibni Mas'ud (r.a.) aytadi: «Bir odam Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga keldi va:

6 O' Rasululloh, Alloh taologa shirk keltirmagan odam do'zaxda qoladimi? - deya so'radi. 7 Ha, - dedilar Rasuli Akram (s.a.v.). - Jahannam tubidan «Hannon, Mannon» deb nido qiladigan bir odam bo'ladi. Jabroil uning ovozini eshitadi so'ng bu ovozdan hayratlanadi va sabri chidamay Rahmon arshiga borib sajda qiladi. Alloh taolo «Boshingni ko'tar, ey Jabroil!» deydi. U boshini ko'taradi. Alloh taolo O'zi bilsa hamki, so'raydi: 8 Ajoyibotlardan nimalar ko'rding, ey Jabroil? - «Xannon, Mannon» deb nido qilayotganni. Ey Robbim, ana shu ovozga hayron qoldim, - deydi Jabroil. Alloh taolo marhamat qiladiki: 9 Ey Jabroil, Molikka (jahannam qo'riqchisi. ¬- Tarj) borib ayt: «O' Hannon! O' Mannon!..» degan kishini do'zaxdan chiqarsin. Jabroil jahannam eshiklaridan biriga kelib eshikni taqillatadi. Molik chiqadi. Jabroil Molikka: «Alloh taolo «O' Hannon, yo Mannon» degan kishini do'zaxdan chiqarishni buyurdi», deydi. Molik ichkariga kiradi; nido qilayotgan u odamni qidiradi, biroq u topilmaydi. Molik jahannam ahlini bir ona o'g'lini taniganidan ko'ra yaxshiroq taniydi. U Jabroilga deydiki: «Shubhasiz, jahannam shunday ingramoqdaki, na toshni temirdan, na temirni insondan ajratolmayapman». Jabroil Allohning arshi huzuriga qaytib keladi va sajda qiladi. Alloh taolo unga: 10 Boshingni ko'tar, ey Jabroil! Nechun qulimni olib kelmading? - deydi. 11 O' Rabbiy! Molik bunday dedi: «Shubhasiz do'zax shunday ingradiki, toshni temirdan, temirni esa insondan ajratolmayapman». Alloh taolo marhamat qiladi: 12 Molikka ayt, mening qulim jahannamning falon-falon chuqurida. Bir rivoyatda Jabroil borib Molikka xabar beradi. Molik (do'zaxga) kirib, u bandani aftoda, zalil, oyoqlari peshonasiga, qo'llari bo'yniga bog'langan, ilonlar, chayonlar unga yopishib olishgan bir holatda ko'radi. Molik u bandani bir silkitganda ustidagi chayon va ilonlar to'kilib tushadi. Keyin yana bir tortganida zanjir va bog'lar echiladi. So'ngra uni otashdan chiqarib hayotbaxsh suvga soladi. Keyin esa uni Jabroilga topshiradi. Jabroil bu bandani peshonasidan ushlab o'ziga tortadi. Uni har bir farishta jamoasi yonidan olib o'tayotganda, farishtalar: «Bu banda naqadar jirkanchli», deydilar. Nihoyat Jabroil Rahmon arshi oldida sajdali holatda turadi. Alloh taolo: 13 Ey Jabroil! Boshingni ko'tar! - deydi va u bandaga aytadiki: - Ey qulim, Men seni go'zal suratda yaratmadimmi?! Senga rasul yubormadimmi?! U senga Mening kitobimni o'qimadimi?! Senga Mening buyruqlarimni etkizmadimi?! Seni ta'qiqlardan qaytarmadimi?! - Shu-shu (gunoh)larni nega qilding?! - deydi Alloh. Banda javob beradi: 14 Ey Rabbim!.. Nafsimga zulm qildim. Shuncha-shuncha payt do'zaxda qolgan bo'lsam hamki, Sendan umid uzmadim. O' Rabbiy, Senga Hannon va Mannon ismlaring bilan duo qildim. Sen fazl-karaming ila meni jahannamdan chiqarding. Menga rahm et, Parvardigoro. So'ng Alloh taolo aytadi: 15 Guvoh bo'ling, ey farishtalarim, Men unga rahm qildim.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

17[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Muhammad ibn Mansur ibn Abu Sulaymon al-Balxiy va Muhammad ibn Iso va Yazid at-Tusiydan, u Qosim ibn Umayya al-Hizoiy al Adaviydan, u Nuh ibn Qaysdan, u Yazid ar-Raqqoshiydan, u Anas ibn Molikdan rivoyat qiladilar. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar. Biz: «Qiyomat kunida kimni shafoat qilasiz, ey Allohning rasuli?» dedik. «Katta gunoh sodir etganlar, ahli musibat va odam o'ldirganlarni», deya marhamat qildilar.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

18[manbasini tahrirlash]

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u Ismoil ibn Abu Holiddan va Bayon ibn Bishrdan, u Qays ibn Abu Hozimdan rivoyat qiladi. Abu Hozim dedi: «Jarir ibn Abdullohni eshitdim, bunday der edi: «Rasululloh marhamat qildilar: «To'linoy kechasi Oyni ko'rganingiz kabi Rabbingizni ko'rajaksiz. Uni hech bir narsaga o'xshatmay ko'rasiz. Tong va oqshom, quyosh chiqmasdan oldingi va kun botishdan avvalgi namozlarni o'tkazib yubormang».

Hammod deydiki: «Ular bomdod va shom namozlaridir».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

19[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Voildan, u Abdullohdan (r.a.) rivoyat qiladi. Abdulloh (r.a.) aytdilar: «Paygʻambar (s.a.v.): „Ilm oʻrganish har bir musulmonga farzdir“, dedilar».

Imomi Aʼzam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

20[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Nosihdan, u Yahyodan, u Abu Salamadan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: «Hazrati Paygʻambar (s.a.v.): „ Ilm oʻrganish har bir musulmonga farzdir“, dedilar».

Imomi Aʼzam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

21[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) aytdilar: «Hijriy 80-yilda tug'ildim. 16 yoshimda, hijriy 96-yilda Haj qildim. Masjidi Haramga kirganimda bir halqani (bir to'da odam) ko'rib, otamdan: «Bu kimning halqasi?» deya so'radim. Rasulullohning sahobalari Abdulloh ibn al-Horis ibn al-Jazning halqasi», dedilar otam. Borib uni tingladim. U: «Men Rasulullohning (s.a.v.): «Kimki dinda faqih bo'lsa, Alloh taolo uning muhim ishlarini bajo aylaydi, o'ylamagan joyidan unga rizq beradi» deganlarini eshitdim», dedi..

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

22[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Ismoildan, u Abu Solihdan, u Ummu Xoniydan (r.a.) rivoyat qiladi. Ummu Xoniy (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Ey Oisha, shioring ilm va Qur'on bo'lsin».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

23[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Ali ibn al-Aqmardan rivoyat qiladi: U aytadi: Hazrati Payg'ambar (s.a.v.) Allohni zikr etayotgan bir qavm yonidan o'tayotib ularga dedilar:«Sizlar men nafsimni birga tutishga buyurilgan jamoatdansiz. Siz kabi insonlar o'tirib Allohni zikr qilishsa, farishtalar qanotlarini yozib ularni o'rab oladi. Ularni rahmat qoplaydi. Alloh ularni o'z huzuridagilar qatoridan yodlaydi».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

24[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibni Mas'uddan rivoyat qiladi. Ibn Mas'ud aytadilar: Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar: «Alloh taolo qiyomat kuni ulamolarni to'playdi va deydi:

- Men sizga yaxshilik istaganim uchungina qalblaringizga hikmatimni joyladim. Jannatga kiring! Sizdan sodir bo'lgan ayb-nuqsonlarni kechirdim».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

25[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Qosimdan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi. Qosimning bobosi aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Kim qasddan menga bo'hton qilsa, yo men aytmagan gapni aytsa, do'zaxdan joyini tayyorlayversin».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

26[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, u Abu Saiddan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): «Kim qasddan menga bo'hton qilsa, do'zaxdan joyini tayyorlayversin», dedilar.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

27[manbasini tahrirlash]

Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u Atiyya al-Avfiydan, u Abu Said al-Xudriydan rivoyat qiladi. Abu Said al-Xudriy aytadi: «Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Kim qasddan menga bo'hton qilsa, do'zaxdan joyini tayyorlayversin». Atiyya dedi: «Men Abu Saidga bo'hton qilmaganimni Abu Said Hazrati Payg'ambarga (s.a.v.) bo'hton qilmaganini qat'iy bildiraman».

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

28[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Saiddan, u Ibrohimdan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytadilar: Rasululloh (s.a.v.): «Kim qasddan menga bo'hton qilsa, do'zaxdan joyini tayyorlayversin», dedilar.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

29[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Zuhriydan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytadi: «Hazrati Payg'ambar (s.a.v.): «Kim, menga qasddan bo'hton qilsa, jahannamdan joyini tayyorlayversin», dedilar.

Bu hadisni Abu Hanifa (r.a.) Yahyo ibn Saiddan ham rivoyat qilganlar.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

30[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdi: «Hech biringiz tahorat oladigan turg'un suvga peshob qilmasin», dedilar.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

31[manbasini tahrirlash]

Abu Hanifa (r.a.) Haysam as-Savvofdan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) Hazrati Payg'ambar (s.a.v.) g'usl qilinadigan, yo tahorat oladigan turg'un suvga peshob qilishdan qaytarganlarini aytdi.

Imomi A'zam Abu Hanifa «Musnad»
O`zgartirmoq

Documentation icon Andoza hujjati[koʻrib chiqish] [tahrirlash] [tarix] [yangilash]

Andoza parametrlari[manbasini tahrirlash]

Ushbu andoza uchun tavsif berilmagan. Andozaga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin.

Andoza parametrlari[„TemplateData“ni boshqarish]

ParametrTavsifTuriStatus
Widthwidth

Ushbu parametrga izoh berilmagan. Parametrga izoh kiritib loyihaga yordam berishingiz mumkin

Stringrequired