Kontent qismiga oʻtish

Andoza:Amerika Qoʻshma Shtatlari info/doc

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu Amerika Qo‘shma Shtatlarining murakkab andoza hujjati keltirilgan. Amerika Qoʻshma Shtatlari bayrogʻi — AQShning milliy bayrogʻi, shuningdek, yulduzli-chiziqli bayroq (ingliz tilida Stars and Stripes) sifatida tanilgan, Amerika Qoʻshma Shtatlarining rasmiy davlat ramzi hisoblanadi.

Bu bayroq gorizontal holatda, teng oʻlchamda joylashgan yettita qizil va oltita oq chiziqli toʻrtburchak shakldagi chiziqlarni aks ettiradi. Bayroqning tepa burchagida toʻq koʻk rangli kvadrat shakldagi qismi boʻlib, unda 50 ta besh qirrali oq yulduz bor. Bayroqdagi 13 ta chiziq mustaqil davlatni yaratgan 13 ta Britaniya koloniyalarini (Delaver, Pensilvaniya, Nyu-Jersi, Jorjiya, Konnektikut, Massachusets, Merilend, Janubiy Karolina, Nyu-Xempshir, Virjiniya, Nyu-York, Shimoliy Karolina, Rod-Aylend) bildiradi. Koʻk rang ittifoq ramzidir. Koʻk rang ichidagi yulduzlar soni shtatlar soniga toʻgʻri keladi (hozirda 50 ta). Qizil rang chidamlilik va jasoratni ifodalaydi; toʻq koʻk — mehnatsevarlik, adolat, hushyorlik; oq — begunohlik va poklik. Bayroq kengligining uzunligiga nisbati 10:19 ni tashkil qiladi.

Bayroq vaqt oʻtishi bilan Ittifoqni tashkil etgan davlatlar soniga qarab oʻzgarib turdi. Yangi shtat ittifoqqa qoʻshilganidan soʻng, 4-iyul kuni bayroqqa yangi yulduz qoʻshiladi. Boʻlaklar soni oʻzgarishsiz qoladi; yagona istisno boʻlgan holat — bu 1795—1818-yillar bayrogʻida boʻlgan edi, unda ikkita yulduz bilan birga yana 2 ta chiziq qoʻshilgan (keyinchalik olib tashlangan).