Anastasiya Martyusheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anastasiya Martyusheva
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Anastasiya Vasilyevna Martyusheva
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Perm
Ona shahri Moskva
Oldingi sheriklari Aleksey Rogonov, Aleksander Lubnin
Murabbiyi Natalya Pavlova
Oldingi jamoalari UOR 4 Moscow, Blue Bird FSC
Uchishni boshlagan 2001

Anastasiya Vasilyevna Martiusheva (ruscha: Анастасия Васильевна Мартюшева; 1995-yil 17-martda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi[1]. Sherigi Aleksey Rogonov bilan birga 2012-yilgi Ondrej Nepela xotirasiga bagʻishlangan turnir chempioni, Zagrebning Oltin Konkisi musobaqasining ikki karra chempioni (2010, 2011) va 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionating kumush medali sovrindori. Juftlik 2012-yilgi Rossiyada boʻlib oʻtgan kattalar oʻrtasidagi milliy chempionatning bronza medali sohibi va 2009-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan chempionatning oltin medal sovrindori.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Martyusheva konkida uchishni besh yarim yoshida boshlagan. Dastlab yakka holda konkida uchish bilan shugʻullangan. Oʻn yoshga toʻlganida juftlikda konkida uchishga oʻtgan.

Martyusheva va Aleksey Rogonov ilk bor Permda uchrashishgan va bir guruhda turli sheriklar bilan konkida uchishni boshlashgan. Martyusheva Moskvaga koʻchib oʻtgandan soʻng murabbiy Natalya Pavlova ularni 2006-yilda birlashtirgan. Martyusheva va Aleksey Rogonov juftligi 2009-yilda Rossiya oʻsmirlar chempionligini qoʻlga kiritgan[2]. 2009-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ular qisqa dasturdagi namoyishidan kegin 11-oʻrindan joy olib, erkin dasturda Lyubov Iliushechkina / Nodari Maisuradzeni juftligini ortda qoldirgan va natijada birinchi oʻrinni egallaganlar. Juftlik umumjamoa hisobida ikkinchi oʻringa koʻtarilib, kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Martiusheva / Rogonov Gran-pri turnirining 2009-yilgi Rossiya kubogi bosqichida debyut qilganlar va u yerda yettinchi oʻrindan joy olganlar. Juftlik Rossiya milliy chempionatida 9-oʻrinni egallagan. 2010—2011-yilgi mavsumda 2010 Skate Canada International turnirida qatnashish uchun tayinlangan, ammo juftlik musobaqada ishtirok etishgan voz kechgan. Ular 2010-yilda Zagrebning Oltin Konkisi musobaqasining sovrinini qoʻlga kiritganlar. 2011-yilgi Russian Nationals turnirida qisqa dastur boʻyicha 9-oʻrinni va erkin dastur boʻyicha 7-oʻrinni egallab, umumiy hisobda 9-oʻrindan joy olgan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Rogonov bilan)

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2013-2014

  • Sarabande
    Escala
    xoreograf: Sergey Komolov
  • Les Feuilles Mortes (Autumn Leaves)
    André Rieu

    xoreograf: Sergey Komolov
  • Milord
  • Marguerite Monnot
2012-2013

  • Cornish Rhapsody
    Hubert Bath
  • The Mission
  • Ennio Morricone
2011-2012
  • Leningrad
    William Joseph
  • Ange et Démon
    Maxime Rodriguez
2010-2011

  • Flamenco
2009-2010
  • Flamenco
  • The Sleeping Beauty
    Pyotr Tchaikovsky
2008-2009

  • Korobushka
    (Rus xalq musiqasi)
  • The Nutcracker
  • Pyotr Tchaikovsky

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Rogonov bilan)

Natijalar
Xalqaro
Musobaqa 2007-08 2008-09 2009-10 2010-11 2011-12 2012-13 2013-14
GP Chinese Cup 7
GP NHK Trophy 5 7
GP Rostelecom Cup 7 5
GP Skate Canada WD
Zagrebning Oltin Konkisi 2 1ㅤ 1ㅤ
Lombardia Trophy 2
Ondrej Nepela xotirasi 1ㅤ 2
Warsaw Cup 1ㅤ
Xalqaro: (Oʻsmirlar)
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

jahon chempionati

2
JGP finali 4
JGP Buyuk Britaniya 1ㅤ
JGP Meksika 3
Milliy
Rossiya chempionati 6 9 9 3 6 WD
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Rossiya chempionati

3 1ㅤ
GP = Gran-pri; JGP = oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri; WD = musobaqadan chiqib ketgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]