Anandalahari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anandalahari (bengalchadan: anandalahari) — Bengal va Sharqiy Hindiston musiqa asbobi[1]. U bochka shaklidagi korpusga ega, bir tomoni ochiq va "ostki" qismiga mahkamlangan bittalik yoki ikkitalik yagona tor[2][3]. Janubiy hind pulluvan kudamiga[4] oʻxshab, anandalahari koʻpincha raqsga hamroh boʻladi va ham ohang, ham ritmni ijro eta oladi[5].

"Anandalahari" nomi "quvonch toʻlqinlari" degan ma’noni anglatadi, xalq orasida bu asbob — tovushga taqlid:gubgubi va xamak deb ataladi[5].

Asbobning korpusi yogʻoch, ikki tomoni ochiq; pastki va yuqori qismlarida charm halqa va bogʻichlar yordamida membrana biriktiriladi[5]. Ba’zi asboblar yuqori membranada teshikka ega, boshqalarida esa yoʻq; eski asboblarda umuman boʻlmasligi mumkin[5]. Tor bambuk yoki boshqa material bilan ostki qismga mahkamlanadi[5]. Torning ikkinchi uchi mis xumchaning ichiga mahkamlanadi[5].

Bochka chap qoʻltiqqa qoʻyiladi, xumcha chap qoʻlga olinadi va u bilan tor tortiladi, oʻng qoʻl bilan naycha yordamida chalinadi[5]. Musiqa chaluvchi mistiklar, baullar[5][2] bu asbobni sevib qolishgan.

Zacks Anandalahari va unga tegishli asboblarni membranafonlarning alohida, sof hind sinfi deb hisoblagan, ammo etnomuzikolog Lorens Piken va boshqalar ularning barchasi sof xordofonlar ekanligini koʻrsatdi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Garland 1998, s. 328.
  2. 2,0 2,1 Lorea 2016, s. vii.
  3. Garland 1998, s. 329.
  4. Garland 1998, s. 365.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 5,7 5,8 Grove 2014.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Alastair Dick, Jeremy Montagu. Ānandalaharī. Oxford University Press, 2014. 
  • Carola Erika Lorea. Folklore, religion and the songs of a Bengali madman: a journey between performance and the politics of cultural representation, Jerusalem studies in religion and culture. Leiden; Boston: Brill, 2016. ISBN 978-90-04-32470-1 978-90-04-32471-8. 
  • The Garland encyclopedia of world music, Garland reference library of the humanities. New York: Garland Pub, 1998. ISBN 978-0-8240-4946-1. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]