Anait Ananyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anait Ananyan
Tavalludi 27 avgust (9-sentyabr) 1900
Vafoti 1987
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Anait Arshakovna Ananyan (1900-1987) — Sovet arman sabzavot yetishtiruvchisi va seleksioneri. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971). Armaniston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). Armaniston SSR xizmat koʻrsatgan agronomi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anait Dilijon qishlogʻda tugʻilgan. Tiflisdagi politexnika institutining qishloq xoʻjaligi fakultetini tamomlagan (1926).

1933-yildan Armaniston SSR sabzavot va poliz ekinlari Respublika seleksiya stansiyasida ishlagan, 1949-84-yillarda uning direktori boʻlgan.

Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1966)[1].

1971-yil 8-aprelda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Farmoni bilan unga „qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, davlatga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini sotish boʻyicha besh yillik rejani bajarishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun“ unvon berildi. Olimaga Lenin ordeni hamda „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali topshirildi[2].

Anait Ananyan 1987-yil 1 yoki 2-sentyabrda vafot etdi.

Bibliografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Armanistonning konservalangan sabzavot ekinlari“ (1965)

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sotsialistik Mehnat Qahramoni (04.08.1971).
  • Ikkita Lenin ordeni (1966, 04.08.1971).
  • „Hurmat belgisi“ ordeni (24.11.1945).
  • Armaniston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967).
  • Armaniston SSR xizmat koʻrsatgan agronomi.
  • VDNKh SSSR oltin medali (08.07.1969)
  • SSSR Butunittifoq qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasining kichik kumush medali (11.05.1954)
  • SSSR Iqtisodiyot yutuqlari koʻrgazmasining ikkita bronza medali (04.17.1972; 17.07.1974)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Каталог РНБ“. 2018-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-noyabr.
  2. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR "O prisvoenii zvaniya Geroya Sotsialisticheskogo Truda peredovikam selskogo xozyaystva Armyanskoy SSR" ot 8 aprelya 1971 goda